Ko‘p asrlik tajribalar odamlarga tabiatni ilmiy metodlar bilan o‘rganish mumkin, degan xulosaga kelish imkonini berdi. Metod tushunchasi yunoncha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, nazariy va amaliy o‘zlashtirishning usullari va operatsiyalari yig‘indisini anglatadi. Taniqli faylasuf, XVII asr olimi F.Bekon metodni qorong‘ida ketayotgan yo‘lovchining yo‘lini yoritayotgan fonar bilan qiyoslaydi. Metodlami maxsus o‘rganish bilan shug‘ullanadigan, metodologiya deb nomlash qabul qilingan butun bilimlar sohasi mavjud. Metodologiyaning muhim vazifasi bilish metodlarining kelib chiqishi, mohiyati, samaradorligi va boshqa tasniflarini o‘rganish hisoblanadi. Ilmiy bilishning metodlarini ilmiy tadqiqot jarayonida keng qo‘llanishiga qarab bo‘lish qabul qilingan bo‘lib umumiy ilmiy va xususiy ilmiy turlarga bo‘linadi. Barcha narsalarga taalluqli metodlar ikki xil bo‘lib, metafizik va dialektik metodlardir. XIX asrning o‘rtalarigacha hukmron bo‘lgan metafizik metodni dialektik metod siqib chiqara boshladi. Hozirgi zamon fizikasi hamma mavjud jarayonlar, materiallar haqida nazariya yaratish ustida ishlamoqda. Agar “yagona nazariya” yaratilsa, biz hamma jarayonlam i oldindan aytib beramiz, degan fikr tug‘ilmasligi kerak. Chunki bunga ikkita sabab bor: birinchidan — Kvant mexanikasi, Geyzenberg noaniqliklari, ikkinchidan biz bu nazariyaning tenglamalarini to‘liq yechib berolmaymiz. Natural filosoflar fizika fanini harakatning umumiy qonunlari va materiya evolyutsiyasi bilan shug‘ullanadi, der edi.
Hozirgi zamon fizikasi hamma mavjud jarayonlar, materiallar haqida nazariya yaratish ustida ishlamoqda. Agar “yagona nazariya” yaratilsa, biz hamma jarayonlam i oldindan aytib beramiz, degan fikr tug‘ilmasligi kerak. Chunki bunga ikkita sabab bor: birinchidan — Kvant mexanikasi, Geyzenberg noaniqliklari, ikkinchidan biz bu nazariyaning tenglamalarini to‘liq yechib berolmaymiz. Natural filosoflar fizika fanini harakatning umumiy qonunlari va materiya evolyutsiyasi bilan shug‘ullanadi, der edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |