2-rasm. Yer qa’ridan foydalanuvchilar to’laydigan to’lovlar
20
Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq yer qa’ridan foydalanganlik uchun
soliqni to’lovchilar quyidagilardir:
yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, shu jumladan texnogen
mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olayotgan yer qa’ridan
foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni
qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar.
Soliq solish ob’ekti bo’lib, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor
mahsulotning hajmi yer qa’ridan foydalanganlik hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar
ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya
qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab
chiqarish maqsadida o’z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo’ljallangan foydali
qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi.
Soliq solish ob’ekti tayyor mahsulotning har bir turi bo’yicha alohida
aniqlanadi. Uglevodorodlar uchun soliq solish ob’ekti quyidagilardir:
20
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. -T.: “Adolat”, 2015
Do'stlaringiz bilan baham: |