35
1-rasm. Yer solig’idan berilgan imtiyozlar tarkibi
18
Yer solig’idan berilgan imtiyozlar Soliq kodeksining 282-moddasida aks
ettirilgan bo’lib, unga muvofiq yer solig’i to’lashdan quyidagilar ozod qilingan:
madaniyat, ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish
tashkilotlari – o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda
foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
nogironlarning
jamoat
birlashmalari,
“Nuroniy” jamg’armasi va
“O’zbekiston chernobilchilari” assotsiatsiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari
umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va
mehnat fronti faxriylari tashkil qilgan yuridik shaxslar, bundan savdo, vositachilik,
ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar
mustasno;
ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub’ektlari - yuridik shaxslarni davlat
ro’yxatidan o’tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to’g’risida qabul qilingan qaror
haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran.
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
bog’dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy
foydalanishdagi (kirish yo’llari, sug’orish ariqlari, kollektorlar va umumiy
foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;
davlat
qo’riqxonalarining,
kompleks
(landshaft)
buyurtma
qo’riqxonalarining, tabiat bog’larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma
18
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: