Мавзу: Табиий ресурслардан самарали фойдаланишда солиқларнинг таъсирчанлигини ошириш масалалари
-jadval 2016 yil uchun Toshkent shahrida yer uchastkalaridan
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
tabiiy resurslardan samarali foydalanishda soliqlarning tasirchanligini oshirish masalalari
4-jadval
2016 yil uchun Toshkent shahrida yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig’i stavkalari 17
Zona Undiriladigan yer solig’i stavkalari yuridik shaxslardan 1 ga uchun, so’m 1 99 187 500 2 79 350 000 3 59 512 500 4 39 675 000 5 19 837 500 Soliq kodeksining 283-moddasiga muvofiq, yer uchastkasi mulkdorining, yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo’jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet balli pasaygan) taqdirda, yer solig’i yerning sifati yomonlashguniga qadar belgilangan stavkalar bo’yicha yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi. Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo’jaligi ahamiyatiga molik yerlar uchun yer solig’i qishloq xo’jaligi yerlari uchun belgilangan stavkalarning ikki baravari miqdorida to’lanadi. Yuridik shaxslar foydalanadigan (shu jumladan, yer solig’ini to’lashdan ozod etilgan), davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha yer uchastkalari uchun yer solig’i yuridik shaxslar uchun 2,0 koeffitsientini qo’llagan holda to’lanadi. Davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratilgan maydonlardan ortiqcha foydalaniladigan yerlar uchun yuqorida ko’rsatilgan
17 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 dekabrdagi PQ-2455-son qaroridan olindi. 34
koeffitsientni qo’llagan holda yer solig’i to’lanmagan taqdirda soliq to’lovchilarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo choralari qo’llanadi. Shahar va qo’rg’onlarning ma’muriy chegaralarida joylashgan kon va karerlar band etgan yerlar uchun soliq tegishli zonalar uchun keltirilgan stavkalarga 0,1 koeffitsientini qo’llagan holda to’lanadi. Ma’muriy va sanoat markazlariga nisbatan olganda yer uchastkalarining joylashish joyiga bog’liq holda qishloq joylari uchun belgilangan yer solig’i stavkalariga quyidagi koeffitsientlar qo’llanadi: Toshkent shahri atrofida 20 km lik aylanada - 1.30;
Qoraqalpog’iston Respublikasi poytaxti va viloyat markazlari atrofida 15 km lik aylanada - 1.20; tuman markazlari atrofida 10 km lik aylanada - 1,15; boshqa shaharlar atrofida 5 km lik aylanada - 1,10. Yer uchastkalarigacha masofa shaharlar va tuman markazlarining ma’muriy chegaralaridan boshlab avtomobil yo’llari bo’ylab belgilanadi. Yer uchastkasi ikki shahar yaqinida joylashgan taqdirda shaharning yuqoriroq funktsional vazifasiga muvofiq keladigan koeffitsient qabul qilinadi. Bir qishloq aholi punkti doirasida yagona stavkalarni belgilash maqsadida soliq to’lovchilarga berilgan yerlar, yerlarning qanday qismi ushbu zonaga kirishiga bog’liq holda, butunlay shahar atrofi zonasiga kiritiladi yoki ushbu zonadan butunlay chiqariladi. Iqtisodiyotni soliqlar orqali boshqarishda davlat soliq imtiyozlaridan ham unumli foydalanadi. Soliq imtiyozlari soliq mexanizmining tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, soliq tizimida muhim o’rin tutadi. Soliq imtiyozlari vositasida soliqlarning rag’batlantirish va tartibga solish funktsiyalari bajariladi. Soliq imtiyozlari soliq ob’ektining soliq to’lashdan ozod qilingan qismidir. Yer solig’idan beriladigan imtiyozlarni 2 guruhga ajratish mumkin:
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling