28
Jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, Yunusobod tumanida tabiiy
resurslardan foydalanganlik uchun soliqlar unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi.
Tuman yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar mavjud emas.
Tuman budjetiga undirilgan jami resurs soliqlari 2012 yilda 16,5 foizni, 2013
yilda 17,1 foizni, 2014 yilda 17,6 foizni, 2015 yilda esa 18,9 foizni tashkil etgan
holda o’sish tendentsiyasi kuzatiladi.
Yuqolrida ta’kidlaganimizdek, resurs soliqlarining jami soliq tushumlaridan
ulushining so’nggi yillarda o’sishi kuzatilgan bo’lib, resurs soliqlaridan yer solig’i
2012 yilda jami tushumga nisbatan 16,4 foizni, 2013 yilda 16,9 foizni, 2014 yilda
17,6 foizni, 2015 yilda esa 18,9 foizni tashkil etgan. Suv resurslaridan
foydalanganlik uchun soliq 2012 yilda jami tushumga nisbatan 0.1 foizni, 2013
yilda 0,2 foizni, 2014 yilda 0,3 foizni, 2015 yilda ham 0,3 foizni tashkil etmoqda.
Tabiiy resurs soliqlarining nazariy jihatlarini o’rganish jarayonida guvohi
bo’ldikki, ularning joriy etilishi natijasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy
resurslardan samarali va oqilona foydalanishini, atrof-muhitga ta’sirini
kamaytirishga erishish mumkinligi borasida umumiy xulosa chiqarish mumkin.
Xo’sh, ushbu mexanizm respublikamizning amaldagi soliq tizimida qay darajada
o’z ifodasini topgan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tabiiy resurslardan
foydalanishiga, atrof tabiiy muhitga ta’sirini qay darajada kamaytirishga
erishilmoqda? Bu kabi savollarga faqatgina respublikamizda tabiiy resurs
soliqlarining amaldagi mexanizmini o’rganish orqaligina javob berish mumkin.
Shu bois mazkur ishimizning keyingi bobida bevosita respublikamizda tabiiy
resurs soliqlarining amal qilish mexanizmini tahlil qilamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: