Mavzu. Tabiiy materiallardan amaliy darslarni tashkil etish metodikasi
Ishni bajarilish tartibini aniqlash
Download 21.18 Kb.
|
9-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish
- Bajarilgan ishning tahlili va baholash
Ishni bajarilish tartibini aniqlash:
1. predmetning qismlari joylashishini grafik tasvirlash; 2. predmetning qismlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil bo‘lgan barglarni topish; 3. ularni qog‘ozga joylashtirish; 4. ishning bajarilish texnologiyasi haqida tushuntirib berish; 5. ishni amaliy bajarish. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish: 1. shaklni, o‘lcham va bo‘yoqlarni to‘g‘ri tanlash; 2. yelimlash ishlarini tartibli bajarish; 3. detallarning joylashishini to‘g‘ri tasvirlash; 4. ish bajarilgan qog‘ozning orqasiga barglaridan foydalanilgan daraxt yoki o‘simliklarini ngnomlarini yozish. Bajarilgan ishning tahlili va baholash: 1. ish bajarilishida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash; 2. xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash; 3. namunali, sifatli va chiroyli bajarilgan ishlarni rag‘batlantirish. Tabiiy materiallardan(barglar, somonqalamchalari, yong`oqpo`choq, patlar, o`simlik urug`lari va boshqa materiallar) applikatsiyalar va o`yinchoqlar yasash texnologiyasi.Bargning xususiyatlari va shakllari shunday xilma-xilki, applikatsiyalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan narsalarga bezak berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin. Bu ishlarni bajarish o‘quvchilarni estetik didini, tasavvurini oshiradi va ijodiy izlanishi va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ijodkorlik qobiliyatlari, ko‘nikma va shaxs xislatlarining shakllanishida muhim bosqich bo‘lib, o‘quv fanlari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ijodiy yondashish, ta’lim jarayonini integratsiyalash asosida tashkil etishga zamin bo‘ladi. Urug‘lar. O‘yinchoq uchun tabiiy materiallarga qimmatli qo‘shimcha bo‘lib daraxtlar, gullar, sabzavotlar urug‘lari xizmat qiladi. Masalan: zarang, shumtol urug‘lari. Bolalarga ular qanotchalar sifatida tanishtiriladi. Ulardan ninachi qanotlarini, quyon quloqlarini, baliq suzgichlari, tarvuz, qovun, kungaboqar urug‘laridan ko‘zlar yasash mumkin. Urug‘larni kuzda yig‘ish yaxshiroq. •Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi; •ochiq tondagi qog‘oz va fon tanlanadi; •applikatsiyaga mo‘ljallangan tasvir uchun urug‘lar tanlanadi; •tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi; •tasvirlash lozim bo‘lgan predmetlarning holati aniqlanadi; •tasvirlanadigan urug‘ ranglari va hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi; •tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham urug‘dan tayyorlanadi, ularni chizmaslik kerak; •urug‘lar qog‘oz sathiga joylashtiriladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi; •agar bu tasvir ma’qul bo‘lmasa, urug‘lar boshqacha joylashtiriladi; •urug‘larni yelimlashda PVA yelimidan foydalaniladi; •tasvirning kerakli qismi yelimlanadi va urug‘lar yopishtiriladi; •urug‘larni yelimlashda qisqichlardan foydalaniladi; •urug‘larni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi; •urug‘lar yelimlab bo‘lgandan so‘ng quritish uchun qo‘yiladi. Quritishda yelvizak bo‘lmasligi kerak. Download 21.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling