Mavzu. Tabiiy materiallardan amaliy darslarni tashkil etish metodikasi


Download 21.18 Kb.
bet4/6
Sana19.06.2023
Hajmi21.18 Kb.
#1624280
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-maruza

Somon texnikasi yangi yo‘nalish bo‘lganligi uchun asta-sekin yoshlar tomonidan o‘rganilmoqda. Ayniqsa bu sohani imkoniyati cheklangan bolalarga o‘rgatish quvonarli hol. Chunki ular ish jarayonida o‘zlarining nogiron ekanliklarini unutib, yaratayotgan namunalaridan zavq olishadi va hunar egasi bo‘lishadi.
1. Avvalo xomashyo sifatida somon kerak bo‘ladi. Aynan bug‘doy yig‘ini boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya’ni tepa va pastki bandlari alohida yumshoq hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. Chunki, tepa qismi quyosh nuriga yaqinligi uchun qizarib, to‘qroq, pastkisi esa salqinlikda ochroq rangda bo‘ladi. Ushbu qalamchalarni bunday ajratishning boisi, ular asar tayyorlash jarayonida o‘z o‘rniga moslab qo‘llaniladi.
2. Yig‘ib olingan qalamchalar 1 kun davomida suvga solib qo‘- yiladi va ular ho‘l nam holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol qilinadi. Ushbu sohani tanlagan hunarmand nafaqat o‘z ishini bilishi, balki tasviriy san’at yo‘nalishini ham puxta egallashi lozim. Asar uchun eskiz tayyorlashda bu juda asqotadi.
3. Endigi navbat chizmaga. Qog‘ozga o‘ylangan kompozitsiya chizib olinadi va ushbu eskiz oddiy qog‘ozga ko‘chiriladi. Eskizning har bir qismi alohida-alohida qirqib olinadi.
4. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, ya’ni issiq, sovuq, soya, nur kabi joylariga moslab qog‘oz ustidan yelim yordamida yopishtirib chiqiladi.
5. Yaratilgan asar janriga ko‘ra, unga ishlov beriladi. Masalan, bolakay obrazi bo‘lsa, uning yuziga ifoda berish maqsadida maxsus kuydirish uskunasidan foydalaniladi. Bu uskuna yordamida asar xuddi rassom chizgandek tasvirlanadi. Alohida ishlangan kompozitsiya o‘zaro birlashtiriladi va qora mato yoki somon qalamchalaridan tayyorlangan tag qismiga yopishtiriladi. Hajmiga qarab, ramkaga solinadi. Asosiysi, ular hech bir ranglarsiz ustaning mahorati ila asar sifatida yaratiladi.
Rangsiz kompozitsiyalar ranglilaridan farqli ravishda yaratilishi, kuydirilishiga ko‘ra ancha murakkab hisoblanadi. Rangli qilish mumkin, ya’ni somon ustidan bo‘yoq beriladi. Latviya, Belorussiya, Litva va Rossiyaning turli shaharlarida somonchilik na’munalaridan aynan rangli qilib tayyorlanadi.
Tabiiy materiallar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilar ona tabiat bilan yaqinlashishga, unga tejamkorlik va mehribonlik, ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga o‘rganadi. Tabiiy material – bolalar ijodiyotini rivojlantirish uchun asosiy tayanch hisoblanadi.

Download 21.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling