Mavzu: Tabiiy va antropogen landshaftlar


Qishloq xo‘jalik landshaftlari


Download 34.72 Kb.
bet4/5
Sana19.09.2023
Hajmi34.72 Kb.
#1681208
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu landshaft

Qishloq xo‘jalik landshaftlari

Dehqonchilik, bog‘dorchilik, o‘tloq-yaylov, aralash.

 2.

 Sanoat landshaftlari

Karyer va tashlamalar, terrikonlar, psevdokarst va boshq.

 3.

Chiziqli-yo‘l landshaftlari

 Avtomobil yo‘llari, temiryo‘llar, neft va gaz quvurlari va boshq.

 4.

 O‘rmon antropogen landshaftlari

Daraxtzorlar (ihotazorlar), kesilgan o‘rmonlar o‘rnidagi ikkilamchi o‘rmonlar va boshq.

 5.

 Suv antropogen landshaftlari

Suvomborlar, kanallar, ko‘llar, baliqchilik hovuzlari va boshq.

 6.

 Rekreatsion landshaftlar

Sanatoriylar, dam olish maskanlari atrof dagi bog‘-daraxtzorlar va boshq. 

 7.

 Seliteb landshaftlar

Shaharlar, qishloqlar

 8.

 Belligerativ (lot. velligero – urush)

Qo‘riqchilik tepalari, himoya qo‘rg‘onlari, devorlar, qal’alar, xandaqlar, okoplar va boshq.

Antropogen landshaftlarning turlari

A.G.Isachenko antropogen ta’sir oqibatida geotizimlarning qay darajada o‘zgarganligini asos qilib oladi va barcha antropogen landshaftlarni 4 guruhga ajratadi: 


1. Shartli o‘zgartirilmagan (ibtidoiy landshaftlar).  Ular bevosita inson ta’siriga va xo‘jalikdagi faoliyatiga duchor bo‘lmagan landshaftlardir. Ularda inson faoliyatining kuchsiz va bilvosita ta’siri izlarinigina payqash mumkin, xolos. Masalan, baland tog‘lardagi qor-muzliklar va o‘rmonlar, qo‘riqxonalar, va h.k.
2. Kuchsiz o‘zgartirilgan landshaftlar. Bular, asosan, inson faoliyatining ekstensiv (ovchilik, baliqchilik kabi) xili ta’siriga duchor bo‘lgan landshaftlar. Bunday landshaftlarda inson faoliyati ayrim komponentlargagina ta’sir etib, tabiiy aloqadorliklar hali buzilmagan va avvalgi o‘z holatini tiklab olishi mumkin;
3. Kuchli o‘zgartirilgan (buzilgan) landshaftlar.  Bu guruhdagi land- shaftlar, asosan, inson faoliyatining jadal ta’sirida o‘zgargan landshaftlardir. Ularning ko‘p komponentlari o‘zgarib, landshaftlar tuzilishining sezilarli darajada buzilishiga olib kelgan. Masalan, karyerlar, konchilik sanoati chiqindilari uyumlari va h.k.
4. Madaniy landshaftlar. Tuzilishi inson tomonidan jamiyat manfaatlarini ko‘zlagan va ilmiy asoslangan holda oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Masalan, sifatli ishlov berilayotgan bog‘lar, paxtazorlar, plantatsiyalar va h.k.
Antropogen landshaftlar haqida so‘z borganda madaniy va buzilgan landshaftlar atamalari ko‘p ishlatiladi. Madaniy landshaft – jamiyat manfaatlarini ko‘zlab xususiyatlari inson tomonidan il miy asosda va oqilona o‘zgartirilgan landshaftlar. Ularga quyidagi eng muhim ikki sifat xos: 1) odamlarning yashashi uchun qulay, sog‘li g‘ini saqlashi, jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga yordam beradigan muhit; 2) yuqori mahsuldorlik va iqtisodiy samaradorlik. Bunda inson tomonidan landshaftlarning ichki imkoniyatini rivojlantirish, tabiiy jarayonlarni faollashtirish va landshaftlarning samaradorligini oshirish asosiy maqsad bo‘ladi. Respublikamizda uzoq yillardan buyon o‘zlashtirilib, obodonlashtirib kelinayotgan vohalar – madaniy landshaftlardir. Vohalarda atrofdagi cho‘l yoki tog‘ geotizimlariga nisbatan aholi yashashi uchun ekologik muhit qulay, xo‘jalik faoliyati esa bir necha barobar samaralidir. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Respublika aholisining qariyb 9/10 qismi vohalarda yashaydi. Sug‘oriladigan yerlar respublikamiz yer fondining 1/10 qismini tashkil etgani holda qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan mahsulotlarning qariyb 9/10 qismini beradi.
Buzilgan landshaftlar bu umumiy tushuncha bo‘lib, aslida, landshaftlar biron tabiiy yoki antropogen ta’sirlar natijasida to‘liq buzilishga uchramaydi. Balki ularning tarkibiy qismlari – biron komponenti yoki ayrim qismlarida kuchli o‘zgarish, buzilish ro‘y beradi. Shuning uchun
Download 34.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling