Mavzu: Tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlar sodir bo'lgan joyda avariya qutqaruv ishlarini amalga oshirish


Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari


Download 47.5 Kb.
bet4/5
Sana09.03.2023
Hajmi47.5 Kb.
#1255608
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu Tabiiy va texnogen harakterdagi favqulodda vaziyatlar sod

4. Ishlab chiqarish tarmoqlaridagi avariyalarda qutqaruv va tiklash ishlari.
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar tasodifan sodir bo'lib, uning ko'lami tez kengayadi hamda insonlarning hayot faoliyatiga katta xavf soladi. Ishlab chiqarishdagi avariyalarning sodir bo'lishi, ko'proq ishlab chiqarish jarayonining xususiyatiga bog'liq bo'lib, kopchilik hollarda bunday falokatlar ikkilamchi salbiy ta'sirlarni yuzaga keltirib, atrof - muhitga katta zarar keltiradi. Masalan, bunday holatlar neftni qayta ishlash, kimyo, yoqilg'ilarni qayta ishlash, konchilik sanoat tarmoqlari, biotexnologik jarayonlar kechadigan hamda KTZM larni tashish jarayonidagi xatoliklar natijasida ko'proq yuzaga keladi. Bunday falokatlar yuz bergan obyektdagi fuqarolarni va obyekt atrofida yashaydigan aholini o'z vaqtida xabardor qilish hamda ularni muhofazasini tashkil etish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifalarga jarohat olgan aholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish va ularni davolash shoxobchalariga joylashtirish ishlari ham kiradi.
Obyektning avariyaga uchragan joylari razvedka qilinib, yong'in chiqqan hududlarda yong'inni o'chirish va ularning ko'lamini cheklash hamda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa noxush vaziyatlarni oldini olish ishlari olib boriladi. Avariyaga uchragan obyektlardagi shikastlangan bino, konstruksiyalardan, gazga, tutunga to'lgan inshootlardan ehtiyot bo'lish kerak. Chunki, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik inson uchun salbiy holatlarga olib keladi. Shuning uchun har qanday muhofaza vazifalarini bajarishdan oldin qulab tushish ehtimoli bor bo'lgan bino qismlarini mustahkamlab yoki buzib tashlab, undan keyin harakat qilish kerak. Ba'zi bir falokatlar sodir bo'lganda yoqilg'i yoki xavfli suyuqliklar sig'imidan oqib ketishi va tarqalishi oqibatida kuchli yong'inlar, portlash hodisalarining kelib chiqishiga va o'z navbatida atrof - muhitni zaharlanishiga olib keladi. Shu sababdan avariya oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib borishda bunday salbiy holatlarga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Shuning uchun avariyaga uchragan obyektlarda ish olib borilayotganda obyekt atrofi to'siqlar bilan o'raladi hamda qo'riqchilar yoki kuzatuvchilar bilan ta'minlanadi.


Xulosa
Xulosa o'rnida shuni takidlash joizki favqulodda vaziyat sodir bo'lgan vaqtda avariya qutqaruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish juda murakkab jarayon bo'lib bunda yuz bergan favqulodda vaziyat turidan kelib chiqgan holda qutqaruv ishlari tashkillanadi. Favqulodda vaziyat sodir bo'lgan joylarda razvedka ishlari olib boriladi suv, gaz, elektr, tarmoqlari o'chiriladi. Yeg'ilgan ma'lumotlarga ko'ra qutqaruv guruhlari tuziladi. Ular tunu - kun uzluksiz smena rejimida ish olib borishadi va jabrlangan aholiga birinchi tez tibbiy yordam korsatishadi va ularni xavfsiz joyga evakuatsiya qilishadi. Qutqaruv ishlari juda murakkab jarayon hisoblanib har bir qutqaruvchidan kuysak darajada bilim va ko'nikma talab etiladi. Chunki u har bir holatni Individual tarzda baholay olishi va vaziyatdan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qilishi lozim. Qutqaruv guruhlar ish olib borish jarayonida o'ta ehtiyotkor bo'lishi kommunal tarmoqlar o'chirilganiga ishonch hosil qilishi va albatta texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishi kerak. Nafaqat fuqarolar hayotini saqlab qolish va o'zining xavfsizligini ham taminlashi kerak bo'ladi. Eng asosiysi avariya qutqaruv ishlarida qat'iy boshqaruv va qutqaruvchilardan yuksak qattiyat va jasorat talab etiladi.


Download 47.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling