Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi. Mundarija: Kirish
Download 86,79 Kb.
|
Mavzu- Tadbirkorlik faoliyati, uning sarf xarajatlari va foydasi
Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tauyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradi va ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida to‘liq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga to‘liq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi. Asosiy va aylanma kapitallar farqlanishi asosida quyidagi belgilar yotadi.
Barcha mehnat vositalari asosiy kapital tarkibiga kirmasdan, faqat ularning inson mehnati bilan vujudga keltirilgan qismi Shunday kapital hisoblanadi. Shu sababli er, o‘rmonlar va boshqa tabiiy resurslar mehnat vositalari hisoblansada, odatda asosiy kapital tarkibiga kirmaydi. Faqat unumli kapital asosiy va aylanma kapital shaklini oladi, Chunki ular ishlab chiqarish jarayonidagina o‘z qiymatini mahsulotga o‘tkazadi. Shu bilin birga muomala doirasida ishlab chiqarish jarayoni ma’lum darajada davom etganligi tufayli bu erda ham qo‘shimcha unumli kapital masalan, muzlatish uskunalari, qadoqlash, o‘lchash mashinalari, idish materiallari va boshqalar mavjud bo‘ladiki, bular ham asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi. Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ishlab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat: . Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tauyor tovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, Ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olish va tauyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat bo‘ladi: 1) bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id); 2) turli tanaffuslar davri (Td); 3) ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zahiralarida bo‘lish davri (Zd). Demak, . Download 86,79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling