Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning uning turlari va asosiy belgilari
O`zbekistonda 2020-yilga kelib internetdan faoliyat ko`rsatadigon korxonalar xaqidagi ma`lumotlar quydagicha
Download 492.03 Kb.
|
TADBIRKORLIK FAOLIYATI, UNING UNING TURLARI VA ASOSIY BELGILARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davlat tadbirkorligi
- Industrial biznes
- Servis biznesi
- Kichik tadbirkorlik
- Yirik tadbirkorlik
O`zbekistonda 2020-yilga kelib internetdan faoliyat ko`rsatadigon korxonalar xaqidagi ma`lumotlar quydagicha;
Bu haqda axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro MDH ekspert forumida maʼlum qilindi. 2020-yilda Oʻzbekistonda Internetdan foydalanuvchilar soni 22,5 million kishiga yetdi, bu 2016-yilga nisbatan deyarli 17 foizga koʻp (17,9 million kishi). Shu davrda optik tolali aloqa liniyalarining uzunligi 2,5 barobarga oshdi, ularning umumiy uzunligi 55,6 ming kilometrga yetkazildi, 2016-yilda esa bu koʻrsatkich 22 ming kilometrni tashkil etdi. Forumda 2020-2022-yillarda butun mamlakat boʻylab aholi punktlarini Internet bilan qamrab olish darajasini oshirish, xususan, keng polosali ulanish portlarini 2,5 million donaga yetkazish, 20 ming kilometr optik-tolali kabellarni yotqizish rejalashtirilganligi taʼkidlandi. Uyali aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali aholining mobil Internet bilan qamrovini 95 foizgacha oshirish koʻzda tutilgan. Hozirgi kunda respublikada raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat elementlarini izchil joriy etishga, shuningdek, bank sektorini raqamlashtirishga qaratilgan 260 dan ortiq loyiha amalga oshirilmoqda. Tadbirkorlik subyektlari va tadbirkorlar uchun bir zumda toʻlovlar tizimi 24/7 rejimi ishga tushirildi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 2,2 foizni tashkil etishi qayd etildi. 2023-yilga qadar ushbu koʻrsatkichni ikki barobarga, elektron hukumat xizmatlari ulushini esa 2022-yilga kelib 60 foizgacha oshirish rejalashtirilganligi taʼkidlandi. Davlat tadbirkorligi deyilganda davlatga qarashli korxonalar faoliyati tushuniladi va iqtisodiyotda davlat sektorini tashkil qiladi. Ular davlat mulki bo’lishiga qaramasdan bozor qoidalariga amal qilgan holda mustaqil faoliyat olib boradilar. Davlat sektorining iqtisodiyotdagi o’rni har xil bo’ladi bu qaysi hududda ekanligi va o’sha hududda qanday siyosat olib borilayotganiga bog’liq. Ko’pchilik davlatlarda davlat sektorining yaratgan tovar va xizmatlar miqdori 20% dan oshmaydi( mamlakatdagi ishlab chiqarilgan jami tovar va xizmatlar bilan solishtirilganda). Davlat tadbirkorligi m a’lum doirada amal qilib, ko'pincha texnologiya sharoiti xususiy kapital uchun qulay bo‘hnagan korxonalar doirasi bilan cheklanadi. Davlat tadbirkorligi bir tomondan, ma lum sharoitlarda iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lsa, ikkinchi tomondan vaqt o‘tishi bilan samarasiz bo‘lib qolishi ham mumkin.Bunday holda ular xususiy tadbirkorlik obyektiga aylantiriladi. Shuningdek, tadbirkorlikni qaysi sohada faoliyat olib borilayotganiga qarab bir necha guruhlarga bo’lishimiz mumkin. 4-rasm Birinchi navbatda industrial biznes qanday bo’lishini bilib olishimiz muhim. Industrial biznes – bu sanoat, qurilish, aloqa va transport sohasidagi unga dinamizm, ya’ni shiddat bilan yangilanib borish xos, lekin bu faoliyat serharajat hisoblanadi ya’ni ko’p miqdordagi mablag’ hisoblanadi. Uning asosini sanoat firmalari tashkil etadi. Agrobiznes – bu qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlik bo’lib, uning turlari g’oyat cheklangan. Uning asosini fermer xo’jaligi tashkil etadi. Agrobiznes faoliyatining maqsadi – iste’mol bozorini yetarli miqdorda sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlari, sanoatni esa xom ashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali foyda ko’rishdan iborat. Servis biznesi – bu ommaga, xalqqa xizmat ko’rsatishga qaratilgan faoliyatning bir turidir. Bu ham tadbirkorlikning bir turi hisoblanadi, lekin u juda keng qamrovlidir. Bunga tibbiyot, ta’lim , shou, sport, turizm(sayyohlik), qimor( kazino , avtomat o’yinlari ), madaniy va maishiy xizmat ko’rsatishga oid biznes turlari kiradi. Iqtisodiyot qanchalik yuksak bo’lsa shunchalik servis biznesi rivoj topadi. Biznes turlari iqtisodiyotda har hil ko’lamdagi ishni bajaradi va aynan shu bajargan ishining salmog’iga qarab quyidagi guruhlarga ajratiladi. 5-rasm 1.Kichik tadbirkorlik – bunga kichik korxonalar, mikrofirmalar, mayda fermer va dehqon xo’jaliklari kiradi. 2.O’rta tadbirkorlik - bunga kichik va yirik korxonalar oralig’idagi, ya’ni faoliyat miqyosi o’rtacha o’rtacha korxonalar va fermer xo’jaliklari kiradi. 3. Yirik tadbirkorlik – Bunga yirik firmalar, korporatsiyalar, katta xo’jaliklari va ziroatchilik plantatsiyalari (g’oyat yirik xo’jaliklari) kiradi. Tadbirkorlik ko’lamlarini belgilash meyorlari bir xil emas, chunki davlatlarning iqtisodiy holati bir xil darajada deb ayta olmaymiz shu sababli bir mamlakatdagi yirik korxona boshqa bir mamlakat uchun o’rtacha hisoblanishi ham mumkin, yana biror yerdagi kichik korxona boshqa yerda o’rta korxona safiga kiritiladi. Bundan qatiy nazar hamma yerda tadbirkorlik ko’lamini belgilashda kapital miqdori, ishlovchilar soni va nihoyat ishlab chiqarish hajmi nazarda tutiladi. Biroq bularning hammasi yoki ayrimlari qo’llaniladi. O’zbekistonda ko’lam jihatidan tafsilot uchun ishlovchilar soni asos qilib olingan. Yurtimizda tadbirkorlar uchun erkinliklar va qulayliklar yaratilgani ham bejiz emas. Yurtboshimiz Oliy majlisga murojatnomasida shunday deganlar: “Tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 105 ta litsenziya va ruxsatnoma turlari bekor qilinadi, 115 tasi bo’yicha esa tartib – qoidalar soddalashtiriladi. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq 5 mingga yaqin normativ – huquqiy hujjatlar qayta ko’rib chiqilib, ularning soni qisqartiriladi hamda Tadbirkorlik kodeksi ishlab chiqariladi”. Download 492.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling