Mavzu: tadbirkorlik faoliyati, uning uning turlari va asosiy belgilari
SHAXSIY SHERIKCHILIK ASOSIDAGI TADBIRKORLIK
Download 492.03 Kb.
|
TADBIRKORLIK FAOLIYATI, UNING UNING TURLARI VA ASOSIY BELGILARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afzalliklari
- Kamchiliklari
SHAXSIY SHERIKCHILIK ASOSIDAGI TADBIRKORLIK.
Shaxsiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan shaxsiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli bolib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a ’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar boiadi. Xo‘jalik huquqi nuqtai nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega boiib, faqat fuqarolardan olinadigan daromad soliglni tolaydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xizmati ko‘rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir Sherikchilik o`zi nima? Biznesda sherikchilik bu ikki yoki undan koʻp shaхs tomonidan tashkil etilgan tijorat tashkiloti boʻlib, uning boshqaruvida barcha sheriklar sheriklikni boshqarish toʻgʻrisidagi kelishuvda belgilangan hajm va chegarada ishtirok etadi. Biznes ishtirokchilarining har biri oʻz mablagʻlari, mehnat va malakasini umumiy ishga qoʻshadi va korхonaning daromadi va хarajatlarini oʻrtada boʻlishadi. Ikki yoki undan ortiq kishi tomonidan boshqariluvchi kompaniya – bu sheriklik asosiga qurilgan kompaniya. Afzalliklari: boshlangʻich kapital biznes egalari oʻrtasida taqsimlanadi. Biznesga yangi kirimlar kiritish talab etilgan taqdirda yetarli mablagʻlarni toʻplash ancha osonlik tugʻdiradi. Qarorlarni qabul qilish uchun mas’ulyait bir kishi zimmasiga yuklatilmagan. Demak, muammoli vaziyat yuzaga kelgan taqdirda faqat bir kishi javob bermaydi. Biznes boshida bir nechta kishining turishi muammoning yechimi boʻyicha takliflar turfaligini ta’minlaydi. Hamkorlik asosiga qurilgan biznes vazifalarni taqsimlash imkonini beradi. Kamchiliklari: Sheriklikning eng katta kamchiliklaridan biri – uning egalari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqishi. Siz muayyan taklifga rozi boʻlmaydigan vaziyat yuzaga keladi yoki siz taklif etgan usul boshqalarga ma’qul kelmaydi. Bu taqdirda siz koʻpchidik tomonidan qabul qilingan qarorlar uchun yuridik jihatdan javobgar boʻlib qolasiz. Hattoki unga qoʻshilmagan taqdiringizda ham. Foyda oʻrtadan boʻlinadi, bu esa ba’zida hamkorlar oʻrtasida munozaralar kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin. Masalan, siz biron loyiha uchun tirishib harakat qilgan boʻlsangizu, sherigingiz unga e’tibor ham qaratmagan boʻlsa-da, olingan foydani oʻrtadan boʻlishga har doim tayyor turishingiz zarur boʻladi. Hamkorlikning amal qilish muddati chegaralangan. Agar sheriklardan biri biron sababga koʻra biznesni tark etishga qaror qilgan boʻlsa, barcha murakkabliklar va noaniqliklar biznesda qolgan sherikning zimmasiga tushadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma narsaning oʻz kamchiliklari va shu bilan birga afzal jihatlari mavjud. Ish boshlashdan oldin har kim oʻz imkoniyatlarini baholab va muayyan sherik bilan kelajakni koʻra olishidan kelib chiqqan holda u yoki bu shaklni tanlashi mumkin. Download 492.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling