Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakillari. Reja: 1


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana13.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1352117
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Iqtisodiyot Karimov Rajabali 2




Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakillari. 
Reja: 
 
1. Tadbirkorlik turlari va shakllari. 
2. Tijorat tadbirkorligi.
3. Moliyaviy tadbirkorlik. 
4. Konsultativ tadbirkorlik 
5. Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari 


Tadbirkorlik faoliyati turlari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, turi va yo`nalishlariga qarab tadbirkorlik 
faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin. 



 
Tijorat tadbirkorligi Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug'ullanuvchilarning faoliyati tovar birjalari 
va savdo tashkilotlari bilan bog'liqdir. 

Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko'rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan 
tanishmagan boʻladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab 
chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin 
raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o'zgarishini hisobga olgan 
holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat koʻrsatuvchi standartlar bo'yicha 
sotiluvchi ulgurji tovarlar g'alla, koʻmir, metal, neft, yoqoch va hk) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar 
koʻp yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon 
(rangli metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko'rsatish mumkin. 

Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi bilan bir qatorda, tovar birjalarida 
fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi 

operatsiyalar bo'yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda ko'zda tutilishicha, shartnomada 
koʻrsatilgan narxlarda pul to'lash, shartnoma tuzishgandon so'ng ma'lum muddat o'tgach amalga oshiriladi. 

Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi; 

- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va kelishmovchiliklarni hal qiladi; XIV 

- narxlar 10'g'risida va ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida ma'lumotlarni yig'adi va e'lon qiladi. 

Tovar birjalari ishining ko'p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa muomalasi) emas, balki endi olinadigan 
tovar yoki shartnoma bo'yicha qo'yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari yopiq 
yoki ochiq bo'lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar. sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi birja 
vositachilarigina qatnashishi mumkin, ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida 
ishtirok etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo'yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va fyuchers birjalariga 
boʻlinadi.. 




Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling