Mavzu: Tadbirkorlik subyektlarini Litsenziyalash tushunchasi va tartibi


Xabardor qilish tartibini alohida institut sifatida joriy etish rejalashtirilmoqda


Download 29.6 Kb.
bet6/10
Sana18.11.2023
Hajmi29.6 Kb.
#1783785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mavzu Tadbirkorlik subyektlarini Litsenziyalash tushunchasi va -hozir.org

Xabardor qilish tartibini alohida institut sifatida joriy etish rejalashtirilmoqda
Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2020-yil 1-dekabrga qadar litsenziyalash, ruxsat berish va vakolatli organni xabardor qilish tartib-taomillardan o‘tish va idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan avtomatlashgan “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqiladi.
Xususan, maktabgacha ta’lim, lombard, konsert-tomosha, veterinariya davolash, alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish kabi faoliyatlarini vakolatli organlarni xabardor qilish orqali boshlash mumkin bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishni ham shu yo‘l orqali amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Litsenziyalanadigan va ruxsatnoma olish talab etiladigan faoliyat yo‘nalishlari sonini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda
Farmon loyihasiga ko‘ra, 2021-yil 1-yanvaridan qariyb 100 ta litsenziyalanadigan faoliyat yo‘nalishlari va 35 ta ruxsatnomalarni bekor qilish orqali yoki muqobil shakllarga o‘tkazish nazarda tutilmoqda. Bu tadbirkorlik subyektlarining yiliga qariyb 125 milliard so‘mdan ortiq mablag‘larini tejash imkonini beradi.
Xususan, inson sog‘lig‘iga va jamiyatga ziyon yetkazmaydigan faoliyat turlarini litsenziyalashdan chiqarib tashlash hamda xavflilik darajasi past bo‘lgan faoliyatlarni tartibga solishning muqobil usullariga o‘tkazish taklif qilinmoqda. Bular qatoriga auditorlik, baholash, rieltorlik, fonogrammalarni tayyorlash, yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida va shaharlararo tashish faoliyatini litsenziyalash kiradi.
Shuningdek, xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma va sport inshooti obyekti pasportini olish, trenerlik faoliyatiga olinadigan ruxsatnomalarni ham bekor qilish ham ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qilish “tartibga solish gilyotinasi” usulini qo‘llash orqali amalga oshiriladi.
Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish jarayonlari to‘liq elektronlashtiriladi
Buning uchun 2020-yilning 1-dekabrigacha “Litsenziya” axborot tizimi ishlab chiqilib, barcha litsenziya, ruxsatnoma va xabarnomalarni yagona portal orqali hujjat topshirish, ko‘rib chiqish va uni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Vakolatli organlarga murojaat qilish, hujjatlarni topshirish faqat elektron tarzda amalga oshiriladi. Tadbirkordan ortiqcha hujjatlarni taqdim etishga chek qo‘yiladi. Litsenziya berish uchun boshqa organning ma’lumotnomasi yoki boshqa hujjati kerak bo‘lsa, tadbirkor ishtirokisiz vakolatli organning o‘zi yagona tizim orqali oladi.
Loyiha bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni maxsus qog‘oz blankalarda rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechib, QR-kod qo‘yilgan elektron hujjatlar taqdim etishga to‘liq o‘tiladi.
Mazkur ishlar natijasida ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishdagi korrupsion holatlarning yuzaga kelishi cheklanadi, tadbirkorlarning Toshkent shahriga kelib-ketishi bilan bog‘liq vaqt va moliyaviy xarajatlari iqtisod qilinadi, davlat organlarining maxsus blankalarni ishlab chiqarishga bir yilda yo‘naltiradigan 13 milliard so‘mdan ortiq mablag‘lari tejaladi va qariyb 3,5 million dona qog‘oz sarflanishining oldi olinadi.
Ushbu informatsion tizimni va dasturni ishlab chiqishda Adliya vazirligi grant mablag‘larni jalb qilgan.

Download 29.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling