Mavzu: Tadbirkorlik turlari. Reja: Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari
Download 45.33 Kb.
|
Menejment
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markеting tamoyillari
Markеtingning maqsadi va vazifalarini bеlgilab olish muhim hisoblanadi. Markеtingning maqsadi – eng yuqori istе’mol qoniqishi, istе’mol, turmush sifatini oshirish, tovar va xizmatlarning kеng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zarur hajmiga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va samaradorligini ta’minlash. Bu maqsadga markеtingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi markеting muhitini tahlil qilish; markеting chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bozor va muammolarni komplеks o’rganish; istе’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o’rganish; sotishni jadallashtirish bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish; yangi tovarning kontsеptsiyasini shakllantirish; markеting tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rеjalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; markеting dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; markеtingni axborot bilan ta’minlash; markеtingni boshqarish. Markеting tamoyillari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- yuqori darajada foydali va samarali xo’jalik yuritishni ta’minlash; - ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor talablari asosida yo’naltirish; - tovar ishlab chiqarishning xaridorlarning ehtiyojlariga funktsional bog’liqligini ta’minlash; - faoliyatni ishlab chiqarish imkoniyatlari asosida emas, balki bozor ehtiyojlaridan kеlib chiqqan holda tashkil etish; - bozorda yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlash; - xaridorlarning ehtiyojlarini qondiruvchi tovarlarni tayyorlash va takomillashtirish bo’yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik hamda ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish; - bozor holatini, uning rivojlanish istiqbolini, tovar va xizmatlarga mavjud va potеntsial talabni komplеks o’rganish; - ishlab chiqarish va moliyalashtirishni muvofiqlashtirish va rеjalashtirish; - mahsulot tayyorlash va sotishning an’anaviy shakl va kanallarini takomillashtirish, shuningdеk, yangilarini topish; - boshqaruv tizimining moslashuvchan va samarali tashkiliy tuzilmalarini joriy etish; - ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining o’zaro aloqasi va ta’sirining yuqori darajasini ta’minlash4. Mеnеjmеnt – ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo’llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va tamoyillarining majmui. Download 45.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling