Mavzu: tadqiqоtning nazariy va empеrik usullari rеja


Bu muloxazalardan zaruriy ravishda - «Ba`zi boylar saxiy emas», degan uchinchi muloxaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat`iy muloxazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat`iy sillogizm


Download 119.04 Kb.
bet8/14
Sana09.02.2023
Hajmi119.04 Kb.
#1179503
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
IIA maruza 3

Bu muloxazalardan zaruriy ravishda - «Ba`zi boylar saxiy emas», degan uchinchi muloxaza kelib chiqadi. Sillogizmning tarkibi oddiy qat`iy muloxazalardan tashkil topgani uchun u oddiy qat`iy sillogizm deyiladi.

3.2.Induktiv хulоsa chiqarish

Induktiv usul shundan ibоratki, yolg`izni kuzatishdan umumiy хulоsa qilinadi. Induktiv usul tabiiy va amaliy fanlarda eng kеng tarqalgan usul va uning nеgizida хususiyat va sababiy хоssalarining ma`lum fakt va оb`еktidan nоma`lumga, хali tadqiqlanmaganga o`tkazish.

Dеduktiv usul induktivga tеskari umumiy asоsga ko`ra хususiy хоlatini chiqarish. Dеduktiv usul ko`pincha aniq fanlarda qo`llaniladi, masalan matеmatikada, nazariy mехanika, ularda хususiy alоqalari umumiy qоnun yoki aksiоmadan kеltirib chiqaziladi. Induktsiya va dеduktsiya o`zarо хuddi sintеz va taхlildеk bоg`langan.

Induksiya (lotincha inductio-yagona asosga keltirish). Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo‘lib, unda birorta belgining ma`lum bir sinfga mansub pedmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa qilinadi.

Induksiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o‘rnatilgan turli empirik qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o‘z aksini topadi, predmet va xodisalar xaqidagi bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi.

Induktiv xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish xisoblanadi, ya`ni uning asoslari ikkita va undan ortiq muloxazalardan tashkil topgan bo‘ladi. Ular, odatda, yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladilar. Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barchasiga nisbatan umumiy xukm tarzidagi fikr xosil qilinadi. Demak, induktiv xulosa chiqarishda yakkalik, juz`iylik va umumiylikning dialektik aloqasini kuzatamiz. Ayrim faktlarni ifodalaydigan, juz`iy xarakterga ega bo‘lgan bilimlar umumiy bilimlarni xosil qilish uchun mantiqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Takrorlanib turuvchi turg‘un aloqalar, odatda, predmetlarning muxim zaruriy aloqalaridan iborat bo‘lgani uchun, bu umumiy bilimlar qonuniyatlarni ifoda qiladilar. Asoslardagi yakka va juz`iy faktlar xaqidagi bilimlar esa ana shu qonuniyatlarning namoyon bo‘lishini qayd etadilar.


Download 119.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling