MАVZU: TАFАKKUR
Reja:
Tafakkur haqida tushuncha
Tafakkur operatsiyalari
Tafakkur shakllari
Tafakkur turlari
Tafakkur sifatlari
Тафаккур деб нарса ва ҳодисалар ўртасидаги энг муҳим боғланишлар ва муносабатларнинг онгимизда акс эттирилишига айтилади.
П.И.Ивановнинг дарслигида «тафаккур инсоннинг шундай ақлий фаолиятидирки, бу фаолият воқеликни энг аниқ, тўлиқ, чуқур ва умумлаштириб акс эттиришга (билишга), инсонни тағин ҳам оқилона амалий фаолият билан шуғулланишига имкон беради» деб таърифланади.
М.В.Гамезо томонидан «тафаккур воқеликнинг умумлашган ҳолда ва сўз ҳамда ўтмиш тажриба воситаларида акс эттирилиши» эканлиги баён қилади
Tafakkur operatsiyalari quyidagilardan iborat :
Аnaliz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz.
Sintez – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda boʼlingan, ajratilgan ayrim qismlarini, boʼlaklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz.
Taqqoslash – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan obʼektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga oʼxshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi.
Аbstraktsiya – shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim boʼlmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz.
Umumlashtirish – tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, oʼxshash muhim belgilarning shu narsalar toʼgʼrisidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir.
Konkretlashtirish – hodisalarni ichki bogʼlanish va munosabatlardan qatʼiy nazar bir tomonlama taʼkidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir.
Klassifikatsiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga oʼxshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir.
Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan oʼrniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi
Tafakkur shakllari quyidagilarda ifodalanadi:
Hukm
Xulosa chiqarish
Tushuncha
Tushuncha- deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz.
Chin va yolg’on hukm
Hukm-narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr deb ataladi.
Borliqdagi narsalar, hodisalar va voqelikni miqdoriga ularning biror hukmda aks ettirilgan aloqa va munosabatlariga qarab, hukm quyidagi turlarga boʼlinishi mumkin:
- hukmlar obʼektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab: chin yoki xato hukm;
- hukmlar sifatiga koʼra: tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi hukm;
- hukmlarning miqdoriga qarab: yakka, juzʼiy, xususiy va umumiy hukmga;
- hukmlarning munosabatiga koʼra: shartli, ayruvchi, va qatʼiy hukmlarga;
- hukm taxminiy koʼrinishga ega boʼlishi ham mumkin
Xulosa chiqarish
shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz.
Xulosa chiqarish uch turga boʼlinadi:
Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga oʼtiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni oʼrganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi.
Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy hukmlardan yakka yoki juzʼiy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun barcha metallar elektr tokini oʼtkazadi. Temir metaldir. Demak, temir ham elektr tokini oʼtkazadi.
Аnalogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga oʼxshash boʼlgan baʼzi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi.
V.Karimovaning “Psixologiya” oʼquv qoʼllanmasida tafakkur turlari quyidagicha tasniflanadi:.
Shakliga koʼra: koʼrgazmali-harakat, koʼrgazmali-obrazli, mantiqiy
Koʼriladigan masalaning xarakteriga koʼra: nazariy, amaliy
Ijodiylik elementiga koʼra: konvergent, divergent
Yangiligi va noyobligiga koʼra: reproduktiv, produktiv (ijodiy)
Tafakkurning quyidagi sifatlari ajratib koʼrsatiladi:
- Mazmundorligi;
- Mustaqillik;
- Epchillik;
- Samaradorligi,
- Fikrning kengligi,
- Tezligi;
- Chuqurligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |