Mavzu: tafakkur va xayol
Download 221.76 Kb.
|
Mavzu tafakkur va xayol
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sxemalashtirish
Tafakkur operatsiyalari. Tafakkur jarayoni insonning bilishga bo'lgan ehtiyojlari, tevarak-atrofdagi olam va turmush to'g'risidagi o'z bilimlarini kengaytirishga va chuqurlashtirishga intilish sababli vujudga keladi. Fikr qiluvchi kishining tafakkuri -ob' ektni anglashi, bilishi tafakkur jarayonining xarakterli xususiyatidir. Odam o'zi idrok qilayotgan narsalar to'g'risida fikr qiladi. Shuning uchun tushunchalar narsalarning butun bir sinfi, turkumi to'g'risida fikr qiladi, ya'ni bular tafakkurning ob'ekti bo'ladi. Bir
Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash narsaga tayanmagan quruqdan quruq tafakkur bo'lishi mumkin emas.va tizimga solish aqliy operasiyalarning asosiy turlaridir. Analiz - shunday bir tafakkur operasiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo'lgan munosabati aniqlanadi. Tahlil ob'ektlari amalda ajratib bo'lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo'lishda ifodalanishi mumkin. Allomalarimizning ta'kidlashicha, maymunning yong'oqni chaqishining o'ziyoq boshlang'ich, oddiy analizdir. O'quvchi va talaba yoshlar turmushda va va dars jarayonida analiz yordami bilan ko'pgina ishlarni amalga oshiradilar, topshiriqlar, misol va masalalarni yechadilar. Demak, tabiat va jamiyatdagi bilim va tajribalarni inson tomonidan o'zlashtirib olish analizdan boshlanadi. Masalan, buni quyidagi sxemada ko'rish mumkin. Muammoli vaziyatlarni yechish usullari Dars jarayoni vaqtida tafakkurning anSaxleizmqaillaishtifraisohliyati katta o'rin tutadi. Chunonchi, savodga o'rgatish nutqni tahlil qilishdan, gapni so'zlarga, so'zlarni bo'g'inlarga, bo'g'inlarni tovushlarga ajratishdan boshlanadi. Sxemalashtirish Analiz va sintez jarayonlarining yuzaga kelishini quyidagicha izohlash mumkin. Yuqorida aytib, o'tilgan motor yoki boshqa qismlarning rolini tushunish uchun yolg'iz analizning o'zi kifoya qilmaydi. Chunki tarkibiy qismlarni birlashtirgan holda bir-biriga ta'sir qilib turgan motor va mashinaning butunligicha olib tekshirgandagina uning motor yoki mashina ekanligini anglash mumkin. Sintez - shunday bir tafakkur operasiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo'lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo'laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Sintez elementlarning, narsa va hodisalarning qismlari va bo'laklarini bir butun qilib ho'shishdan iborat aqliy faoliyat ekanligi ta'rifdan ko'rinib turibdi. Analiz aqliy bo'lgani kabi sintez ham amaliy xarakter kasb etadi. Masalan, birinchi sinf bolasi o'z harf xaltasidagi keltirilgan harflardan foydalanib, bo'g'in, bo'g'inlardan so'z, so'zlardan gap, gaplardan qisqa axborot, undan esa hikoya tuzadi. Analiz va sintez o'zaro bevosita mustahkam bog'langan yagona jarayonning ikki tomonidir. Agar narsa va hodisalar analiz qilinmagan bo'lsa, uni sintez qilib bo' lmaydi, har qanday analiz predmetlarni narsalarni bir butun holda bilish asosida amalga oshirilishi lozim. Download 221.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling