- oddiy-an’anaviy usullar bilan hisoblab bo‘lmaydigan murakkab
omillar va ko‘p omilli ko‘rsatkichlami to‘liq o‘rganish imkoni
tug‘iladi;
- har bir ta’sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq
ko‘rsatib berish imkoniyati tug‘iladi;
- hisoblash texnikalaridan foydalanish osonlashadi va
hokazolar.
Determinizm lotincha “determino” so‘zidan olingan bo‘lib,
voqealami obyektiv qonuniyat asosida o‘zaro bog‘langanligi
hamda shartlanganligi to‘g‘risidagi ta’limotdir. Determinallash asosida sababga ko‘ra amalga oshadigan, ya’ni aniq sharoitda bir voqea (sabab) boshqa voqeani (oqibat) keltirib chiqaradigan holatlardagi bog‘liqliklar yotadi.
DeterminaUashgan tahlil - tadqiq etilayotgan voqeani
( 0 ‘rganilayotgan ko‘rsatkichni) bevosita omillarga bo‘lib o‘rganishdir.
Bevosita omillar - bog‘lanishlari uzluksiz zanjirlar asosida modellashtirib quriladigan hamda o‘rganilayotgan ko‘rsatkichni shakllantirayotgan hamda ta’sir miqdorini o ‘lchash mumkin bo‘lgan alohida voqealardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |