Mavzu: Taklif va Taklif qonuni


Download 0.69 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1469610
Bog'liq
nazariya (1)


Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Xalqaro Turizm fakulteti
Mavzu: Taklif va Taklif qonuni
TU-62guruh talabalaŕi
Reja
01
02
03
Taklif tushunchasi
Taklif qonuni
Taklif elastikligi
Taklif — tovar narxi va taklif miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, sotuvchilarning muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qancha miqdorda sotish mumkinligi haqidagi xohish va imkoniyatlarini aniqlaydi.Taklif miqdori — sotuvchilarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda sotishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
10%
TITLE GOES
HERE
Maʼlum vaqt oraligʻidagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan maʼlum turdagi tovar va xizmatlarning DAROMAD VA FOYDA olish maqsadida bozorga chiqarilgan miqdoriga taklif deyiladi. Narx oʻzgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham oʻzgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi. Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasqda bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi. 
Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi. Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqdikni aks ettiradi.
Part 2
Taklif qonuni.
Taklifning faqatgina narxga bog‘liq xususiyati taklif qonunida o‘z ifodasini topgan: Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagan holda tovarning narxi qancha past bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha kam bo‘ladi, tovarning narxi qancha yuqori bo‘lsa, uning taklif miqdori shuncha koʻp boʻladi. Taklif qonuni taklif miqdorining narxga nisbatan to‘g‘ri bog‘liqligini ko‘rsatadi, yaʼni narx oshganda taklif miqdori ham oshadi. Talab tushunchasi bilan tanishganimizdek, taklif miqdorining o‘zgarishi ishlab chiqaruvchilarning turli maʼlumotlardan xabardorliklariga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi.
Tovar taklifiga, tovarning oʻz narxidan tashqari bir qator omillar: shu tovarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan resurslar narxlari; qoʻllaniladigan texnologiya; soliqlar va dotatsiyalar; taqchillik yoki narxlar oʻzgarishlarini kutish; bozordagi sotuvchilar soni va boshqa taʼsir koʻrsatadi. Mas., resurelarning arzonlashuvi muayyan tovarni ishlab chikarish xarajatlarini kamaytiradi, bu esa uning taklifi oʻsishini stimullaydi. Taklifning oʻziga taʼsir koʻrsatadigan omillar oʻzgarishlariga, birinchi navbatda, narx oʻzgarishlariga sezgirligi taklif elastikligi deb ataldi
Talabni qondirish uchun zarur bulgan yana bir iqtisodiy kategoriya - taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. CHunki ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun xaridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir.
Part 3
Taklif elastikligi
Ishlab chiqaruvchilarni bozor konyunkturasidagi ayrim omillarning o‘zgarishlariga nisbatan sezuvchanligini tahlil qilish uchun aksariyat hollarda narx boyicha taklif elastikligi koeffisenti foydalaniladi.
Narx bo‘yicha taklif elastiklik koeffisenti elastikligi E-narxlarning bir foizga o‘zgarishi natijasida taklif hajmini son jihatdan foiz boyicha o‘zgarishini bildiradi. Bunday elastikning qiymati ijobiy bo‘ladi,chunki ishlab chiqaruvchilar uning yuqori narx ularni ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantiradi.
Aniq tovarga bo‘lgan bozor taklifi alohida firmalarning individual takliflarning yig‘indisida shakllanadi. Buning natijasida bozordagi taklifning elastiklik hajmi alohida firmalarning bozordagi ulushi va ularning taklif elastikligiga bog‘liq
Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin;
1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlari kuchlarining mavjudligi. O‘sib borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushurish evaziga qondirish mumkin.
2. Sotish uchun taklif qikinayotgan taklif va tovar turlari. Tez o‘zgarib turadigan va jarayonda qo‘shimcha sarmoya talab qilmaydigan tovar, texnologiyalar, xizmat va ishlab chiqarish hajmlarini boshqalarga nisbatan taklif elastigi yuqoriroqdir.
3.Tayyorlangan tovarni uzoq vaqt saqlash imkoniyatining mavjudligi. Agar firmada firmada bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, u mahsulotlar evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirish mumkin. Shunga muvofiq, uning taklifi ham narxlar o‘zgarishiga nisbatan yanada elastiklaroq bo‘ladi.
4.Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan minimal harajat. Zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarining hajmi qancha ko‘p bo‘lsa,taklif elastikligi man shuncha past bo‘ladi.
5. Bozor konyukturasi. Tovar disitsiti sharotida ishlab chiqaruvchilar aniq hajmdagi tovarni yuqori narxda sotish imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday sharoitda taklif noeslatik bo‘ladi.
6. Vaqt oralig‘i. Vaqt oraligpi qancha uzoq bo‘lsa , ishlab chiqaruvchida shunchalik narxlarning o‘zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug‘uladi va taklifning elastikligi ham ortib boradi.
THANK YOU
Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling