Talab qilib olinguncha depozitlar yuridik va jismoniy shaxslarning kundalik maqsadlari uchun xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin bo‘lgan (talab qilib olinguncha hisobvaraqlardagi) mablag‘lardir. Bank o‘z omonatchilarining birinchi talabiga ko‘ra ularning to‘lovlar bo‘yicha topshirig‘ini bajarishi lozim.
Talab qilib olinguncha depozitlar mijozning topshirig‘iga ko‘ra, shartnomaning oldindan kelishilgan shartlari asosida ushbu mijozning boshqa turdagi depozitlariga o‘tkazilishi mumkin. Bu depozitlar bankning jalb qilingan mablag‘larining salmoqli ulushini egallaydi. Ular bankning eng arzon resurslari hisoblanadi. Mijozning har qanday vaqtda ogohlantirmasdan bu mablag‘larni olishi ehtimoli bankdan yuqori likvidlikni saqlash uchun doimo yetarli mablag‘larni kam likvidli, lekin yuqori daromad keltiruvchi mablag‘lar hisobiga zaxirada saqlab turishni talab qiladi. Shu sababli, bank o‘z omonatchilariga anchagina past foiz to‘laydi. Depozitlarning harakatchanligi yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bank ulardan kredit berishda foydalanadi.
Bank mijozlari bankda xorijiy valuta talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini, shuningdek, xorijiy va milliy valutalarda ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari, jamg‘arma, muddatli va boshqa turli depozit hisobvaraqlarini ochish uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |