Mavzu. Talab qilib olguncha depozitlar va ularni rasmiylashtirish
Yuridik shaxslar (rezidentlar)ning xorijiy valutadagi hisobvaraqlari
Download 40.75 Kb.
|
11-Mavzu BI
Yuridik shaxslar (rezidentlar)ning xorijiy valutadagi hisobvaraqlari. Mulk shaklidan qat’i nazar hamma tashkilot, korxona va muassasalar – rezidentlar xorijiy valuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi vakil banklarida valuta hisobraqamlarda saqlashlari lozim.
Davlat ro‘yxatidan hali o‘tmagan, xorijiy investitsiyalar yordamida ochilayotgan korxonalarga vaqtinchalik valuta hisobvarag‘i ochiladi va unga qonunlar majmuyi bo‘yicha o‘rnatilgan hajmlarda, xorijiy davlatlardan xorijiy valuta mablag‘lari kiritilishi mumkin. Bu hisobvarag‘idagi malblag‘i tashkil topayotgan korxona ustav fondiga kiritiladi yoki korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasa ushbu mablag‘lar investorga qaytariladi. Xorijiy valuta summalari korxonalarning xorijiy valuta hisobraqamlariga kirim qilinishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi tashqarisida joylashgan norezi-dentlarning bajarilgan ish, xizmatlar, tovar uchun to‘lovlar, shuningdek, ularning ustav fondidagi ulushini o‘tkazishlari; valuta hisobvarag‘i egasining O‘zbekiston Respublikasi valuta bozoridan sotib olgan valutalari; bajarilgan ish, xizmatlar, tovar uchun to‘lovlar va boshqa xizmatlar uchun naqd xorijiy valutalar; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati bilan; xorijiy valutadagi foizlar va dividendlar; O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ huj jatlari amaldagi qonunlar majmuyiga zid kelmaydigan boshqa mablag‘ tushumlari kirim qilinadi. Valuta hisobvarag‘i egasi topshirig‘iga binoan hisobvaraqdagi mavjud summalarni: valuta hisobvarag‘i egasining eksport-import operatsiyalari bo‘yicha xorijga to‘lovlarni o‘tkazish mumkin, bunda uning ustav faoliyatiga to‘g‘ri kelishi lozim bo‘lgan hisobvaraq egasi tashqi iqtisodiyot aloqalarida ishtirokchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiyot aloqalari vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lishi lozim; bank komission haqi va pochta-telegraf xarajatlarini to‘lash uchun ishlatilishi, xizmat safarlari xarajatlarini to‘lash uchun, shun ingdek, viza hujjatlarini tayyorlash uchun (naqd shaklda) to‘lanishi va O‘zbekiston Respublikasi valuta bozorida sotish uchun ishlatil ishi mumkin; respublika hududida amaldagi xorijiy valutani sotib olish kursi bo‘yicha to‘lovlar to‘lanishi yoki o‘tkazilishi mumkin; xorijiy korxona ustav fondini tashkil etish, shuningdek, ka- pital harakati bilan bog‘liq boshqa maqsadlarda ishlatilishi mumkin. (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ruxsati bilan); olingan ssuda, foizlar, dividend uchun to‘lovlar va boshqa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki nomativ hujjatlarida va amaldagi qonunlarda qo‘zda tutilgan maqsadlar bo‘yicha ishlatilishi mumkin. Download 40.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling