Mavzu: Talab va taklif elastikligi körsatkichlarining bozor holati tahlilidagi örni. Reja: Kirish
Download 0.67 Mb.
|
talab va taklif kurs iwi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
- 2.7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siri
Manba: mualliflar ishlanmasi Mahsulotga talab elastik bo`lganda (2.6-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarar (–TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (2.6-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga oshirish natijasida olinadigan A yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR), talabning Q1 dan Q2 ga qisqarishi natijasida ko`riladigan B yuzaga teng zarardan (–TR) ko`pligidan yalpi daromad oshadi. a) elastik talab b) noelastik talab 2.6-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni oshirishning sotuvchi daromadiga ta′siriEndi yuqoridagi holatga mutlaqo teskari bo`lgan holat, ya′ni talab elastikligiga qarab narxni pasaytirishning sotuvchi daromadiga ta′sirini qaraymiz (2.7-rasm). a) elastik talab b) noelastik talab 2.7-rasm. Talab chizig`i elastik (a) va noelastik (b) holatda narxni tushirishning sotuvchi daromadiga ta′siriMahsulotga talab elastik bo`lganda (2.7-a-rasm), narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zararga (–TR) nisbatan, talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromad (+TR) ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi oshadi. 11 Mahsulotga talab noelastik bo`lganda esa (2.7-b-rasm) narxni P1 dan P2 ga tushirish natijasida ko`riladigan A yuzaga teng zarar (–TR), talabning Q1 dan Q2 ga oshishi natijasida olinadigan B yuzaga teng qo`shimcha daromadga (+TR) nisbatan ko`pligidan sotuvchining yalpi daromadi qisqaradi. Masalan, yil yaxshi kelib, fermerlar yuqori hosil olganda, narx pasayib ketishidan ularning daromadi kamayib ketadi. Chunki, qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan talab elastikligi ancha past. Talab elastikligining bu xususiyatlarini bilish sotuvchilarga narxni o`zgartirish orqali daromadlarni oshirish imkoniyatini beradi. Bunda daromadning o`zgarishi narxning o`zgarishiga teskari bo`lganligidan, sotuvchilar talab elastikligi yuqori bo`lgan mahsulotlarning narxini pasaytirish orqaligina sotuvlar hajmini va daromadini oshirishlari mumkin. Talab noelastik bo`lgan holatda esa, narxni oshirish talab hajmini keskin qisqarishiga olib kelmaydi. Chunki, ko`pincha iste′molchilar uchun birlamchi ehtiyoj sanaladigan ne′matlarga talab noelastik hisoblanadi. Bunday sharoitda sotuvchilar daromadni oshirish uchun narxni ko`tarishlari mumkin. Ko`pchilik mamlakatlarda davlat talab elastikligi past (noelastik) bo`lgan tovar va xizmatlar narxini cheklab turadi. Aks holda elastiklik qonuniyatlaridan unumli foydalanib, sotuvchilar daromadlarini oshirish maqsadida noelastik talabga ega tovarlar narxini oshirib yuborishlari mumkin. Misol. Faraz qilaylik, bug`doyga bo`lgan talab funksiyasi quyidagi ko`rinishda berilgan bo`lsin: QD 4000250P, Bu yerda P - bir pud bug`doy narxi; QD - talab hajmi, mln. pud. Sotuvchi daromadini maksimallashtiruvchi bug`doy hajmi (Q) aniqlansin. Yechish: Masalani yechish uchun teskari talab funksiyasini aniqlaymiz: P16Q. Sotuvchining daromad funksiyasini tuzamiz: TR PQ 16Q 1 Q 16Q Q2 . 250 250 Daromad funksiyasidan Q bo`yicha hosila olib, natijani nolga tenglashtirib yechamiz: TRQ 16 2502Q 0. Qe 4000:2 2000 mln. pud. Demak, sotuvchi daromadini maksimallashtiruvchi sotiladigan bug`doy hajmi Qe 2000 mln. pudga teng ekan. Bir pud bug`doy narxi:
Faraz qilaylik, sotuvchi sotiladigan bug`doy hajmini 250 mln. pudga oshirdi. Uning daromadi qanday bo`lishini hisoblaymiz. Sotiladigan bug`doy hajmi 2250 mln. pud. U holda bir pud bug`doy narxi P 16 7 pul birligiga teng. 12 Umumiy daromad TR 22507 15750 pul birligiga teng. Ko`rinib turibdiki, sotuvchi sotiladigan bug`doy hajmini optimal hajmdan oshirsa, uning daromadi maksimal daromaddan past bo`ladi. Xuddiy shunday, sotuvchi optimal hajmdan kamroq hajmda bug`doy sotsa ham, uning umumiy daromadi kamayadi. 2.4. Soliq yukini iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanishini tovar elastikligiga ko`ra tahlili Elastiklik nazariyasi firmalar va davlatning iqtisodiy siyosatini belgilashda muhim qurol bo`lib hisoblanadi. Ma′lumki, talab va taklif chiziqlarining yotiqligi, ularning elastiklik koeffitsiyentlari miqdorining qzgarishiga ko`ra o`zgaradi. Talab va taklifning elastik yoki elastik bo`lmasligi soliq yukining iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar o`rtasida qanday gaqsimlanishini, ya′ni soliqning qancha qismini iste′molchi va qancha qismini ishlab chiqaruvchi to`lashini aniqlab beradi. Faraz qilaylik, davlat bir birlik tovarga t miqdorda (o`zgarmas) soliq belgilasin. Bu o`z navbatida taklif chizig`ini S holatdan yuqoriga ́ – holatga siljitadi (2.8-rasm) . Umumiy soliq iste′molchi va ishlab chiqaruvchi o`rtasida taqsimlanib, o`z ichiga soliq yuki ortiqchaligini oladi. Ushbu soliq yuki ortiqchaligi ―o`lik yuk‖ bo`lib, jamiyat uchun sof yo`qotish hisoblanadi. Q 1 Q Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling