Naflilik funksiyasi – iste’molchining individual istagini aniqlab beruvchi iste’mol xajmi va yalpi naflilik o‘rtasidagi son jihatdan bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Naflilik funksiyasi iste’molchining iste’mol qiladigan ne’matlar xajmi bilan, u ushbu ne’matlarni iste’mol qilish natijasida oladigan naflilik darajasini ifodalaydi. Naflilik funksiyasi orqali nafaqat umumiy naflilikni ifodalash mumkin balki, ketma-ket ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida oladigan qo‘shimcha o‘sgan naf miqdorini ifodalovchi, chekli nafni ham aniqlash mumkin.
Chekli naflilik – bir birlik qo‘shimcha iste’mol natijasida olinadigan qo‘shimcha naflilikdir.
Iste’molchilik tanlovining to‘g‘rilik tamoyili bu yalpi va me’yoriy naflilik emas, balki, bir so‘m xarajatga to‘g‘ri keladigan me’yoiy naflilikdir.
Befarqlik egri chizig‘i – iste’molni bir xil darajada qondiruvchi yaroqli, foydali tovar tanlovlari yig‘indisini tashkil etadi. Befarqlik egri chizig‘i iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar kombinatsiyalarini ifodalaydi. Demak, chizmaning nuqtalar orqali keltirilgan tovar tanlovlariga iste’molchi befarq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |