- Bozor iqtisodiyoti asosiy iqtisodiy vazifalarni hal etishda unga teng keladigan muqobil variantning yo`qligini isbotladi.
- Birinchidan, bozor ishlab chiqarish va iste’molning o`zaro bog’liqligini ta’minlaydi. Bu funktsiyani u taklifni to`lov qobiliyatli talab hajmiga muvofiqligini o`rnatish orqali amalga oshiradi.
- Ikkinchidan, xolis ishlab chiqaruvchilar mehnatining natijalarini ijtimoiy baholashni kafolatlaydi. Bunday baholash mexanizmi oddiy, samarali va ob’ektivdir. U bir narsadan: oldi-sotdi bo`lidimi yoki yo`qligidan iborat.
- Uchinchidan, bozor ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi uchun sharoit yaratadi. Bunga qoloqlarni ilg’orlardan «ajratuvchi» raqobat yordam beradi.
- «Sof» bozor hech qachon mavjud bo`lmagan, bu hayoliy tizim - «mukammal raqobat» deb ataluvchi «hayoliy» modeldir. Erkin bozor yoki «mukammal raqobat» ishi qator majburiy shartlar, institutlar mavjudligi bilan aniqlanadi:
Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir. - Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir.
Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir:
- ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish;
- iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish;
- ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |