Mavzu: talab va taklif qonuniga ko’ra marx belgilash usullari
Download 7 Kb.
|
Mavzu talab va taklif qonuniga ko’ra marx belgilash usullari-fayllar.org
Mavzu: talab va taklif qonuniga ko’ra marx belgilash usullari MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAQDIMOT MAVZU:TALAB VA TAKLIF QONUNIGA KO’RA MARX BELGILASH USULLARI TAQDIMOTCHI:QOSIMOV AKBAR REJA: 1.Talab tushunchasiga ta’rif bering. 2.Talab qonuni nima? 3.Talab – iste`molchi ma`lum vaqtda narxlarning har bir darajasida Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o’rtasidagi teskari yoki qarama –qarshi bog’liqlikni ifodalaydi. Biz ehtiyoj tushunchasi haqida dastlabki bobda gapirgan edik. Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo’lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy ko’rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta`minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta`minlanmasa, u «xohish», «istak» bo’lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi, chunki narx o’zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o’zgaradi. Shu bog`liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ma’lum vaqt oralig’ida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilarning tovar va xizmatlar ma’lum turlarini sotib olishga qodir bo’lgan ehtiyoji talab deyiladi. Boshqacha qilib aytganda talab – pul bilan ta`minlangan ehtiyojdir. 2.Talabning qanday turlari bor? 2. Talablar turlicha bo’lib, odatda bir xil tovar yoki xizmatlarga bo’lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste`molchining, ya’ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo’lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko’pchilik) iste’molchilarning shu turdagi tovar yoki xizmatga bo’lgan talablari yig’indisi bozor talabi deyiladi. Hozirda iqtisodiy adabiyotlarda talabning turli ko’rinishlari ajratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, ishlab chiqarish omillariga talab (ishlab chiqarish talabi) va iste’mol buyumlariga talab (aholi talabi) farqlanadi. Shuningdek, haqiqiy (tovar va xizmatlarga haqiqatda namoyon bo’luvchi), qondirilgan (haqiqiy talabning bozorda tovar va xizmat sotib olish orqali qondirilgan qismi) va qondirilmagan (haqiqiy talabning bozorda zarur tovarlarning yo’qligi yoki ular assortimenti va sifatining xaridor talabiga javob bermasligi sababli qondirilmagan qismi) talablar farqlanadi. Qondirilmagan talab turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: yashirin, joriy, harakatchan, to’plangan talab. Tovarga bo’lgan talab ko’plab omillar, masalan, reklamadan foydalanish, moda va didlar, afzal ko’rish, atrof-muhit, tovarlarni qo’lga kiritish imkoniyati, daromad miqdori, naflilik, o’zaro o’rinbosar tovarlar narxi, aholi soni, kelgusidagi narxlarning o’zgarishi va boshqalarning ta’sirida o’zgarishi mumkin. Shunga ko’ra,ekzogen va endogen talab farqlanadi. Ekzogen talab – bu davlat yoki erkin bozor tizimidan tashqaridagi qandaydir kuchning aralashuvi natijasida o’zgargan talab. Endogen yoki ichki talab – bu jamiyatda mavjud bo’lgan omillar ta`sirida jamiyat ichida tarkib topgan talab 3.Taklif deb nimaga aytiladi? Taklif qonuni nima? Ma`lum vaqt oralig’idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma`lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o’zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o’zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo’ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5—jadvalda ko’rsatilgan. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko’rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi. Bozor muvozanati - bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin. Talab va taklif uzoq vaqt bir-biridan ajralib qolsa, Bozor muvozanati buziladi. Umuman olganda Bozor muvozanati hamma tovarlarga nisbatan va uzoq, vaqt boʻlishi mumkin. Ammo juzʼiy va ayrim tovarlarga nisbatan moslikning buzilishi muqarrar. Chunki ehtiyojning yuksalishi bilan yangi talab paydo boʻladi va u darhol qondirilmaydi. Bozor muvozanatini taʼminlashning asosiy yoʻllari: tovar ishlab chiqarishni talab darajasiga yetkazish orqali bozorni toʻydirish; yetarli tovarlar zaxirasini barpo etish; talabgir tovarlar narxini oshirish, oʻtmay turgan tovarlar narxini pasaytirish; eksport va importning ortishi yoki kamayishi; aholi daromadlarining tovarlar va xizmatlar koʻpayishiga qarab ortib borishi; mehnat unumdorligining ish haqiga nisbatan tezroq oʻsishi. Bozor muvozanati maʼrifatli jamiyatda narxlar bilan bozorni tartibga solish orqali taʼminlanadi. 1. A .O’lmasov. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent “Mehnat”1997 yil.11. Sh.SH.Shodmonovning Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik; O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. - T.: IQTISOD - MOLIYA, 2010.. 2. M.Rasulov.Bozor iqtisodiyoti asoslari. Toshkent “O’zbekiston” 1999 yil. 3. Galanov V.A. Finansi, Denejnoe obrashenie i kredit: Uchebnik. - M.: FORUM: INFRA-M, 2006. 4. Tojiyev R.R. Xalqaro valyuta - kredit munosabatlari. Darslik. - T.: TDIU, 2009 y. E’tiboringiz uchun rahmat! http://fayllar.org Download 7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling