Mavzu: talab va taklif qonuniga ko`ra narx belgilash usullari


Download 295.05 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi295.05 Kb.
#1230374
Bog'liq
Mikroiqtisodiyot NB.pdf

Mavzu:TALAB VA TAKLIF QONUNIGA KO`RA NARX BELGILASH USULLARI

Bajardi:3-1MAR 21 guruhi talabasi Absalomov Sherdil


FAN:MIKROIQTISODIYOT
REJA:
1.Talab va uning o`zgaruvchanligi talab elastikligi.
2.Taklif va unga ta`sir etuvchi omillar.Taklif elastikligi.
3.Narx turlari.
Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga boʻlgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiyotning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi tarixiy koʻrinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiyojdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi.
Ehtiyojning faqat pul bilan taʼminlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab — bu pul bilan taʼminlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan taʼminlanmasa, u "xohish""istak" boʻlib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud boʻladi, chunki narx oʻzgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham oʻzgaradi. Shu bogʻliqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha taʼrif berish mumkin: maʼlum vaqt oraligʻida, narxlarning mavjud darajasida isteʼmolchilarning tovar va xizmatlar maʼlum turlarini sotib olishga qodir boʻlgan ehtiyoji.
Narxga bogʻliq talab elastikligi
Narxga bogʻliq talab elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi sotuv hajmini 20 foizga oshirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi. Narxga bogʻliq talab elastikligi deyarli har doim (Giffen samarasi va Veblen samarasi bundan mustasno) musbat va manfiy qiymatni qabul qilganligi uchun elastiklik darajasi ham manfiy hisoblanadi.
Talabni qondirish uchun zarur bulgan yana bir iqtisodiy kategoriya - taklifdir. Talab bor joyda taklif ham paydo bo’la boshlaydi. CHunki ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun odamlar mehnat ya’ni ishlab chiqarish jarayoni orqali hayot uchun zaruriy ne’matlar ishlab chiqara boshlaydilar. Taklif ishlab chiqarilgan va muayyan vaqtda bozorga ma’lum bahoda sotish uchun xaridorlarga tavsiya etilayotgan tovarlar va xizmatlar miqdoridir. Bozorda taklif qonuni amal qiladi. Taklif qonuniga muvofiq barcha omillar teng bo’lgan sharoitda taklif bahoning o’zgarishiga binoan o’zgaradi. Demak, tovar bahosining o’sishi taklifni ko’paytiradi va aksincha, tovar bahosining pasayishi taklif etilayotgan tovarlar miqdorini kamaytiradi. Taklif qonuniga muvofiq ma’lum tovarlar bahosining ortishi bilan ishlab chiqaruvchilar foyda olish uchun mazkur tovarlar yoki xizmatlarni ko’plab yaratadilar. Natijada taklif ortadi. Tovarlar va xizmatlar miqdorining o’sishi taklifning ortishiga hamda talabning pasayishi bilan bahoning ham pasayishiga olib keladi.Taklif talabga qarab o’zgarib turadi. Uning o’zgarishini taklif qonuni izohlaydi.
Taklif elastikligi
Narxga bogʻliq taklif elastikligi tovar narxining bir foizga oʻzgarishi, unga boʻlgan talabning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatadi. Agar tovar narxining 10 foizga kamayishi, taklif etiluvchi tovarlar hajmini 20 foizga kamaytirsa, bunday tovar elastik hisoblanadi.
Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini koʻrsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.

Taklif elastikligining 3 xil ko`rinishi


Narx tushunchasi Narx – real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. Bozor narxlari munosabati nuqtai nazaridan ishlab chiqaruvchi va iste'molchi o'rtasida bog'lovchi, talab va taklifni muvozanatlash mexanizmi bo'lib xizmat qiladi. Narx - tovar qiymatining pul ifodasi. U turli funksiyalarni bajaradi: hisobga olish, tarqatish va rag'batlantirish.
Qiymat funksiyasi hisobida ishlab chiqarish va sotish uchun ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari, ishlab chiqarishning taxminiy xarajatlari va foydalari aks ettiriladi.
Rag'batlantiruvchi funksiya resurslarni tejash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy qilish va h.k. Taqsimlash funksiyasi ayrim tovar guruhlari va turlari bo'yicha aksiz solig'i narxini, qo'shimcha qiymat solig'ini va davlat byudjetiga, mintaqaga va boshqalarga tushadigan markazlashtirilgan sof tushumning boshqa shakllarini hisobga oladi.
Narx klassifikatsiyasi-Narxlarni turli iqtisodiy xususiyatlariga ko'ra tasniflash mumkin. Narxlarning shakllanish darajasi bo'yicha tasniflanishi. Bozor munosabatlari sharoitida narxlarning eng muhim tasniflaridan biri bu ularning davlatning tartibga soluvchi ta'siridan ozod bo'lish darajasidir. Narxlarning muhim qismi - bu har qanday hukumat ta'siridan qat'i nazar, bozor talabi va taklifi ta'sirida rivojlanib boradi.
Tartibga solinadigan narxlar, shuningdek, talab va taklifga qarab shakllanadi, ammo davlat tomonidan qandaydir ta'sir ko'rsatilishi mumkin. Davlat narxlarning o'sishi yoki pasayishiga to'g'ridan-to'g'ri cheklovlar orqali ta'sir qilishi mumkin. Davlat va ma'muriy organlar vakili bo'lgan davlat ma'lum tovar turlariga o'rnatilishi va belgilangan narxni chiqarishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosan ikki turdagi narxlar mavjud: erkin va tartibga solinadigan.
Narxning vazifalari
Muvozanatlikni taminlash vazifasi
Ijtimoiy himoya vazifasi
Qiymatni xisobga olish vazifasi
Tartibga solish vazifasi
Raqobat vositasi vazifasi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.https://uz.wikipedia.org/wiki/Ehtiyoj

2.https://uz.wikipedia.org/wiki/elastiklik_iqtisodiyot

3.https://uz.wikipedia.org/wiki/Talab_va_taklif

4.https://staff.tiiame.uz

5. https://xs.uz/uz/post/monopol-narxlar


Download 295.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling