Мавзу: талабаларга мумтоз мусикани ургатишнинг узига хос йуллари


Download 185 Kb.
bet1/5
Sana27.12.2022
Hajmi185 Kb.
#1069454
  1   2   3   4   5
Bog'liq
огабек хоразм шашмақом тарихи


R E J A:


KIRISH
I- BOB. SHASHMAQOMNING YARATILISH TARIXI.

    1. SHASHMAQOM TARKIBIDAGI MAQOMLAR

  1. II- BOB. XORAZM MAQOMINING YARATILISH TARIXI.

  2. 2-1. XORAZM MAQOMINING AYTIM VA CHERTIM YO’LLARI.

XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

KIRISH.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan qisqa davr ichida xalqimizning ijtimoiy hayotida, turmush tarzi va madaniyatida keskin yangilanish va ko’tarinkilik yuz bera boshladi. Mustaqillik tufayli ajdodlarimizning boy tarixiy qadriyatlarining ming yillarini qamrab olgan betakror ma’naviy-madaniyati gurkirab yashnadi, yangicha yunalish oldi.
Xalqimizning ma’naviy merosi sanalgan, asrlab rivoj topib kelgan musiqiy an’analarni o’rganish bo’yicha ham keng yul ochib berildi. Yangi davlat ta’lim standartlari bo’yicha Respublika Oliy musiqa ta’limi beruvchi pedagogika universitetlari va institutlari, musiqa fakultetlari va bo’limlari uchun joriy qilingan o’quv rejasiga “Maqom asoslari”, “An’anaviy qo’shiqchilik”, “O’zbek mumtoz musiqasi” darslarining kiritilishi bo’lajak musiqa bakalavrlarini milliy musiqiy merosimizni mukammal o’rganishga yaratilgan katta imkoniyat bo’ldi.
Bulajak bakalavrlarni har tamonlama komil inson qilib tarbiyalashda ularni mustaqil fikrlashga layoqatli, har tamonlama yetuk qilib musiqiy va badiiy didi yetarli qilib rivojlantirishda o’zbek musiqiy merosimiz va qadriyatlarimizdan, xususan mumtoz musiqadan foydalanish nihoyatda zarur yekanligini turmush tarzimiz, hayotiy yehtiyojlarimiz va ruhiy intilishlarimiz talab qilmoqda.
Bugungi kunda yosh avlodni barkamol inson kilib tarbiyalashda, kundalik ijtimoiy xayotimizda, manaviy va axlokiy qadriyatlarimizning urni bekiyosdir. Bu borada asrlar Osha xalqdan-xalqqa, ustozdan shogirdga utib kelayotgan xalq ma’naviy xazinasining bebaxo boyligi bulgan o’zbek mumtoz musiqasi yoshlar tarbiyastda ulkan ahamiyat kasb yetmasligini unutmasligimiz kerak. Jumladan, xalq donishmandligining go’zal ko’rinishi bulgan o’zbek mumtoz musiqasi yoshlar komolotini shakllanishining vositasi sifatida oila, bolalar bog’chalari, maktablarda, kollej qolaversa musiqa bilm yurtlarida o’rganilishi muhimdir.
Yurtboshimiz I.A.Karimov konservatoriya yangi binosining ochilish marosimida suzlagan nutqida takidlab o’tganidek “Odomzod yozish chizishni, o’qishni bilmasligi mumkin, lekin shubha yuqki guzal kuy, ohang va taronalarning hayotbaxsh tasirini har qanday vaziyatda ham sezadi”. Shuning uchun ham musiqa insonga hamisha hamroh, uning tuyg’ulariga ruhiyatiga qanotdir. Xalqimizning milliy musiqa san’ati nihoyatda qadimiy. O’zbek madaniyati boy merosga yega. Uning mazmunida xalqimizning milliy ruhiyati, oliy insoniy fazilatlari, badiiy madaniyati istiqlol va mustaqillik uchun kurash hamda orzu umidlari aks yetadi. “Musiqa deb atalmish ilohiy bu mo’jizada shunday bir sehr mujassamki, uni tushunish, tasirini sezish uchun hyech qanday tarjimonning keragi yuq” degan yedi prezidentimiz I.A.Karimov. Shuning uchun ham o’zbek xalqining musiqiy og’zaki ijodi, hunarmandchiligi, memorchiligi, adabiyoti qanchalik qadimiy bo’lsa, uning musiqasi shu qadar qadimiy deb ayta olamiz.
Kelajagi buyuk davlatimizning vorislari, bo’lajak yosh avlodni munosib tarbiyalab voyaga yetkazish o’qtuvchi kadrlarni har tomonlama yetuk, jismonan baquvvat, manaviy va mafkuraviy jihatdan barqaror, milliy istiqlol g’oyalarini chuqur anglagan, badiiy yuksak didli inson qilib tarbiyalashga bevosita bog’liqdir.
Bo’lajak bakalavrlarni xususan musiqa mutaxasislarni tayyorlashda xalqimizning boy ma’naviy musiqiy merosini, asrlar osha sayqal topib kelgan mumtoz asarlarni izchillik bilan o’rganish va ularni talaba yoshlarga o’rgatish muhum ahamiyatga molik masaladir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Inson shaxsini, uning yuksak manaviy fazilatlarini kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yosh avlodni boy manaviy merosimiz hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat-yetibor, mustaqil vatanimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash talablari oldimizga muhim vazifalar qo’ymoqda”.
“Talim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” ta’lim tarbiya mazmunini tubdan o’zgartirish zarurligini ko’rsatdi. Uni amalga oshirishning birinchi davri muvaffaqiyatli yakunlandi va qisqa vaqt ichida ilmu ma’rifatni yegallash bo’yicha aql bovar qilmas yangiliklarga yerishildi. Talim standartlari asosida barcha fanlar bo’yicha ham yangi o’quv rejalari, yangi dasturlar, ma’ruza matnlari, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratildi. Ularning tub mazmuniga milliy istiqlol g’oyasi singdirildi, yangi ma’naviy-axloqiy qonun-qoidalar, mafkuraviy talablar qo’yildi.
Oliy ta’lim tizimida ham o’lkan yangiliklarga yerishildi, talabalarni baholashning yangi reyting tizimi joriy yetildi, yangi pedagogik texnologiyadan keng foydalana boshlandi, kampyuter va intirnet tarmoqlari ishga tushirildi.
Yangicha talab milliy musiqamizning ruhiyatida ham barq o’rayotgan bir zamonda undan xalqimizning mumtoz musiqaga qiziqishi va hurmatini yuksaltirishda, xususan musiqa bakalavrlarini tarbiyalashda keng foydalanish zarurati to’g’ilmoqda. Bunda milliy musiqamiz poydevori asosida dunyo andozasi darajasiga ko’tarilish, barcha ilg’or davlatlar musiqasiga xos noyob an’analardan unumli foydalanish va o’zbek musiqa madaniyati namunalarini hayotga keng targ’ib qilishdek muhum vazifalar turibdi. O’sib kelayotgan yosh avlodni bu ulug’vor vazifalarga yetaklovchi musiqa bakalavrining o’zi xam aynan shunday yuksak yentellekt yegasi bo’lishi lozim.
Musiqa-san’atning oddiygina bir turi bo’lib qolmasdan u bo’lajak kasb yegalarining musiqiy madaniyatini va uning yuksak badiiy didini rivojlantira oluvchi vosita hisoblanadi.
Sharq musiqasining buyuk qudrati haqida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festevali qatnashchilariga qarata Prezidentimiz I.A.Karimov shunday degan yedi “Sharq musiqasi – Sharq falsafasi, Sharq dunyosining uzviy bir qismidir. Sharq musiqasining jahon merosida tutgan o’rni benihoya buyuk... Bu musiqa ming-ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda. Uzining yuksak jozibasi bilan dunyo madaniyatiga ozuqa berib umum bashariy qadriyatlarga munosib hissa qo’shmoqda”.
Xalqimizning jahon xalqlariga namoyish qilib, faxrlansa arziydigan mumtoz musiqamiz mavjutki u inson dilini uning yuksak didini tarbiyalab, voyaga yetkazishga qodir kuchga yega. Ko’pchilik ish tajribalar ilmiy izlanishlarimiz asosida shunday fikrga keldikki bu mavzu o’zining, nihoyatda dolzarbligi bilan ajralib turadi. Mumtoz musiqani o’rganish talabalardan juda katta mehnat, saiy harakat talab qiladi. Bu murakkabliklarning asosida bir qator mehnat talab vazifalar yotadiki, bu vazifalarni bajarish orqaligina mumtoz musiqani meyoriga yetkazib o’rganish mumkin.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling