Mavzu: Talabalarni erkin va mustaqil fikrlashlariga erishishda adabiyotlar bilan ishlash


Adabiyotlar orqali har bir o‘quvchiga ta'sir o‘tkazish


Download 55.47 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi55.47 Kb.
#1612345
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Talabalarni erkin va mustaqil fikrlashlariga erishishda adabiyotlar bilan ishlash

2.2.Adabiyotlar orqali har bir o‘quvchiga ta'sir o‘tkazish.
Aql - kishining o'z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o'z faoliyatida ma’naviy-insoniy nuqtai nazardan amal qilish imkonini beruvchi ne’matdir. Aql - inson kamolotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lib, uning yordamida odam hayotda o wz o'rni va nufuziga ega bo'ladi. Aqlning dalili bu fikrdir. Tarbiya bu jamiyatdagi shaxslarga, ya’ni insonlarga qaratilgan bo’lib, ularni ham jismoniy, ham ruhiy, ham madaniy shakillatiradigan amaliy pedagogik jarayon hisoblanadi. Tarbiyasiz jamiyatni ham insoniyatni ham shakllantirib bo’lmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan qadriyalar tarbiya orqali vujudga keladi. Tarbiyani har bir odam turlicha talqin qiladi23. Masalan, kimdir uchun tarbiya o’zini tarbiyali tutish, kattalarga salom berish bo’lsa, kimdir uchun ovqatlanish estetikasi, kiyinish madaniyati tarbiyani aks ettiradi. Tarbiya har bir inson uchun, u na katta va na kichkina yoshli bo’lsin, hamma hamma uchun zarur va muhimdir. Tarbiya rivojlanmagan oiladan tarbiytasiz jamiyat kelib chiqadi, tarbiyasiz jamiyatdan esa tarbiyasiz davlat (ya’ni tarbiyasiz, ma’naviyati past insonlardan tashkil topgan davlat). Bunday davlat esa turg’unlik va inqirozga mahkumdir. Tarbiya bu ta'lim olishga tayanch ham bo'lishi mumkin yoki to'siq ham bo'lishi mumkin. Masalan, agar o'quvchi tarbiyiyali bo'lsa, uning bilim olish imkoniyatlari kengroq bo'ladi. Ya'ni dars davomida mavzuni tinchlikda eshitadi va u yuzasidan ma'lum fikrga ega bo'ladi. Tarbiyasiz bolada esa aksincha, uning tarbiyasizligi( dars davomida gaplashib o'tirishi, boshqa o'quvchilarga halaqot berishi yoki o'qituvchiga nisbatan hurmatsizlik qilishi) uning ta'lim olishiga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Bunday o'quvchilarda sekin astalik bilan ham jismoniy, ham aqliy tarbiya darajasi pasayib boraveradi. Dunyoqarash haqida gapiradigan bo’lsak, dunyoqarash bu tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof-muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan mas’uliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi. Insonlar qanchalik ko’p kitob o’qisa, hayot tajribalariga ega bo’lsa, atrofdagilar bilan fikr almashsa, mulohaza qilsa, uning dunyoqarashi shunchali rivojlanaveradi. Uning dunyoqarashi esa o’sgani sari esa uning fikrlashi, atrofdagi muhitga bo’lgan munosabati ham o’zgarib boraveradi. E'tiqod- dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, manaviy-axloqiy, estetik hamda ekologik bilimlarning takomillashgan ko'rinishi; muayyan g'oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning shakllanishi bir necha bosqichlarda kechadi.
Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta'sir etish va natijaviylikning barcha imkoniyatlaridan kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin. Aqliy rivojlanish uchun inson fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak24. Fikrlash orqali biron bir narsa hodisa, yoki voqelikka o'z qarashlaridan va bilimidan kelib chiqqan holda fikr bera oladi. U aqliy foaliyat mahsuli hisoblanadi. Fikrlash bu avloddan avlodga o'tib keladigan, ya'ni u merosiy tushuncha, barcha indonlarga xosdir. Fikrlashning ham o'ziga qarab turlicha turlari mavjuddir. Aqliy rivojlanishda amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda, ilm olganlik ham muhim o'rin tutadi. Bunda insonning bilim salohiyati darajasi tushuniladi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida dunyoqarash shakllanadi. Bugungi kunda, O’zbekiston Respublikasida yoshlarga aqliy tarbiyani berishga alohida e’tibor qaratilmolqda. 1997 yilda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»25 mazmunida ham yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri ekanligiga urg’u beriladi. Yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadr bo’lib yetishish mavjud ilmiy, shuningdek, kasbiy bilimlarni puxta egallash demakdir. Binobarin, chuqur bilimlarga ega bo’lish tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlarning mohiyatini anglash, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini ko’ra va baholay olishga imkon beradi. Aqliy tarbiya jarayoni bir necha vazifalarni bajarishga yordam beradi: Masalan, Ularda ilmiy bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror toptirish, mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish. Va bilimlarni doimiy ravishda shakllantirishga intilish kabilarni o’z ichiga oladi. Shu qatorda aqliy bilim bizga bilimlarni o’zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat, xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik, kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o’z fikrini asoslash, mavjud ma’lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va hokazolar)ni rivojlantirishga asosiy tayanch bo’ladi. Aqliy ta’lim va tarbiyaning birligi asosida esa tafakkur rivojlanadi. Uning shakllanishida esa ilmiy qarash o’ziga xos o’rin tutadi. Ilmiy qarash-biron hodisa yoki jarayonning ilmiy jihatdan asoslovchi fikr yoki g’oyadir. Ilmiy qarash aqliy ta’limni rivojlantirish uchun asosiy tayanch bo’lib xizmat qiladi26.
Tarbiya har bir insonda turlicha bo'lgani kabi aqliy tarbiya ham hammada har xil rivojlangan bo'ladi. Ba'zi o'quvchilar uchun berilgan bilim tez yodda qolsa, ba'zilar uchun tushunarsiz bo'ladi. Aqliy tarbiya ham o'qituvchilar tomonidan bollarga o'rgatib borilganda ularda turlicha rivojlanadi. Aqliy tarbiya bu intizomga chambarchas bog'liq bo'lib intizom bor joyda tarbiya rivojlanishi mumkin. Intizom oddiygina maktab formasini kiyish, o'ng qo'l qoidasi, darslarda o'qituvchiga va atrofdagilarga hurmat bilan muomala qilish, qo'l ko'tarib javob berish kabi kichkinadek tuyulgan talablardan boshladi. Xulosa qilib shuni aytish joizki, o’quvchilar ongida aqliy ta’limni rivojlantirish uchun boshlang’ich sinfdan boshlab turli xil metodlardan foydalanish kerak. Ularning yozma salohiyatini, gapirish va fikrlash doirasini kengaytirishga katta e’tibor qaratish zarur. Ularga oddiy darsliklardan tashqari qo'shimcha adabiyotlar berish, dunyoqarashlarini, fikrlash doiralarini kengaytirish lozim. O'z fikrni bemalol bayon eta olish, boshqalarning fikriga o'z fikrini bildira olish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.
Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch – bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko`rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do`stlikka ishonch, oilaga mehr – muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo`lish tuyg`usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko`rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - u axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrofmuhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo`lish tuyg`usini uyg‘otishga, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayogan hodisalarga o`z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarni o`git va nasihatlarini tinglash, undan to`g`ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin.
Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma‘nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz. Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo’lib (inson umrining oxirigacha o’rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko’rib chiqamiz. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o’tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog’lom otaonadan sog’lom farzand dunyoga keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sog’lom avlod to’g’risida fikr yuritib: «Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog’lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman27», deb tahkidlaganlar. Farzand tug’ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni ko’rganda xursand bo'ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko'radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo'lishi, bolaning sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya. Maktabgacha bo’lgan ta’lim muassasasidagi davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda paydo bo’lgan taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilishga intilishi, atrofmuhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir. Boshlang’ich ta’limda axloqiy tarbiya. Boshlang’ich ta’limda bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali o’yin faoliyatini to’liq tark etmaganligini inobatga olib, o’tiladigan dars mashg’ulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy tahsir yo’llari bir muncha aniq va tizimli ravishda bo’lib qoladi. Chunki endi xususan odobnoma darslari o’tila boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi28.
Bu davrda turli to’garaklarni uyushtirish ham o’zining ijobiy natijalarini beradi. O’rta umumiy ta’limda axloqiy tarbiya. O’rta maktab davriga kelib o’quvchi o’rganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga ko’ra o’quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi29. Bu davrda o'quvchilarga o’zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan ko’proq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hidislarga o’zlari ham amal qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi o’quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy tushunchalarning mahnisini tushunib yetadilar. Oliy o’quv yurtlarida axloqiy tarbiya. Oliy ta’limda yoshlar endi biror mutaxassislikni tanlagan holda, o’zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, intellektual qiziqishiga ega bo’ladilar. Shu sababli bu davrda bo’lajak mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim. Chunki bu davrda yosh o’zining madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishga intiladi, o'z ustida qunt bilan ishlaydi, radio, televidenie, Internet va barcha informatsion vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi. Ta’limdan keyingi faoliyatda axloqiy tarbiya.
Yosh uzoq muddatli va tizimiy ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy jihatdan egallagan bilimlarini amaliyotda qo’llab yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradi, uning o’zi boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay boshlaydi. Uzluksiz ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi mana endi ko’zga tashlanadi. Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatan’arvar, xalqsevar, mard, har tomonlama sog’lom, intellektual salohiyatli, bir so’z bilan aytganda sog’lom avlodni tarbiyalash davr talabi ekan. Bu ishni amalga oshirish esa barchamizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir. Shunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga doimo ehtiborli bo’laylik30. Sharq mamlakatlarida farzandni barkamol inson etib tarbiya qilish eng muhim vazifa hisoblanadi. Xususan, tarbiyada diniy ta`limotlardan, hadislardan, badiiy asarlardan, xalq og`zaki ijodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, birgina shariatda musulmonlar amal qilishi zarur bo`lgan 934 ta talab mavjud. Bundan bola tana va ruh pokligini, insonparvarlikni o`rgansa. Kitob mutoala qilish yordamida o`sib kelayotgan bola odamiylik, sadoqat, rahm – shafqat, mehr –muruvvat kabi ezgu fazilatlarni o`zida shakllantiradi. Sobiq ittifoq mafkurasi inqirozga uchraganidan keyin yangi jamiyatni mafkuraviy, ma’naviy, mahrifiy asoslash, xususan, tarbiyaviy ishlarning metodologiyasi bo’lmish milliy istiqlol g’oyasini ishlab chiqish eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoldi. Bu jarayonda tub o’zgarishlarni amalga oshirishda 2000-yil 6-aprelda O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning rahbarligida o’tkazilgan Kengash alohida o’rin egalladi. Natijada, 2000-yil davomida “Milliy istiqlol g’oyasi” fanini ta'lim tizimiga kiritish uchun o'quv qo’llanmalari, o’quv dasturlari va boshqa zaruriy adabiyotlar O’zbekiston milliy faylasuflar jamiyatining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqildi. Endigi vazifa esa uni aholi, xususan, yoshlar qalbi va ongiga singdirish masalasi bo’lib qoldi. Hozirgi vaqtda bu jarayonni yanada takomillashtirish borasida katta ishlar olib borilmoqda. Milliy qadriyatlarni yoshlari ongi va qalbiga singdirish usullari to’g’risida fikr bildirganda shuni alohida qayd qilmoq kerakki, avvalo mahmuriy yo’l va zo’rlik usuliga ehtiyotkor bo’lish talab qilindi31. Chunki imkoni boricha zo’rlik qilish, majbur qilish usulidan foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tahkidlaganidek, “g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”. Bu mustaqil O’zbekistonda ma’naviy-mahrifiy sohada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xullas, g’oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g’oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o’z o’rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.
Xulosa
Shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma’naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo’qolmaydi. Ma’naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo’ladi, ma’naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi.
Tafakkur, aql tufayli inson narsa va hodisalarni bir-biri bilan solishtirib, qiyoslab ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi, ya’ni bilimlarni obyektiv voqyelikka mosligini solishtirib ko‘radi. Beruniyning ta’kidlashicha, bilim va ta’limda taqqoslash metodi borliqning u yoki bu hodisasini tushuntirish uchun inson bilimlarini amaliy foydaliligi va ishonchliligini izlashdan iborat. Bunda taqqoslanadigan predmetlar orasida o‘xshashlik bo‘lishi kerak. Agar ular orasida ma’lum muvofiqlik bo‘lmasa, taqqoslanadigan predmetlarning har bir qarshiligi o‘zining obyektiv asosini yo‘qotadi. Abu Ali ibn Sino (980-1037) o’zining psixologik qarashlarini “Tayr” (qush), “Xayy ibn Yaqzon” (Uyg’oq o’g’li Tirik) kabi qissalarida ifodalab, borliqning mohiyatini chuqurroq tushunish uchun odamlarni ilmiy-mantiqiy bilishga da’vat etadi. Chunki bu ilm kishi didini o’stiradi, mustaqil fikr doirasini kengaytiradi. Ibn Sino bu haqda shunday deydi: “Farosat ilmi foydasi naqd ilmlardandir. Bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarni pinhoniy fe’l-atvorini bildiradi. Farosat ilmidan bahramand bo‘lsang, juda o‘tkir bo‘lib ketasan”. Mantiqiy fikrlashni o‘stirish haqida yozar ekan, alloma “Mantiq ilmini egallasa, kishi Bahri muhitda cho‘kmaydi” deydi. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaviy qarashlari yuksak insoniylik tamoyillariga, ulug’ insonparvarlik g‘oyalariga tayanar edi. Bugungi kunda talaba yoshlarni ajdodlarimizning tarbiyaviy ruhida kamol topdirsak, mustaqil fikrlash mexanizmini to‘g‘ri shakllantirishni yo‘lga qo‘ysakgina talabala yoshlarda mustaqil hayot uchun erkin harakat va faol jarayon yuzaga chiqadi.

Download 55.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling