Mavzu: Ta’lim departamentidagi psixolog ishi


Psixolog-maslahatchini tayyorlash


Download 67 Kb.
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi67 Kb.
#1602420
1   2
Bog'liq
psix. xizmat

Psixolog-maslahatchini tayyorlash qanday boshlanadi, olib boriladi va nimalarga asoslanadi?
Psixolog-masiahatchini kasbiy tayyorlash odatda uning umumiy oliy pedagogik ma'lumot olishidan boshlanadi. Bunday ta'lim umumiy psixologiyani, ijtimoiy psixologiyani, yosh davrlari psixologiyasini, pedagogik psixologiyani, maxsus psixologiyani, psixofiziologiyani, psixologiya tarixini bilishni o'z ichiga oladi.
Shundan keyin psixologik maslahatlar olib borish kerak bo'ladigan faoliyat turlari psixologik jihatlari bilan bog'Iiq qator fanlarni ham xususan tibbiyot psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, bolalar psixologiyasi, iqtisodiy psixologiya va qator boshqa maxsus fanlarni o'zlashtirishi zarur.
Shulardan keyin psixolog-maslahatchi maslahat o'tkazish bo'yicha amaliy malakalar va ko'nikmalar ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan bilimlarni oladi. Bu bilimlar psixologik testlardan foydalanish (psixodiagnostika), psixologik maslahatningo'zi bilan va nihoyat psixokorreksiya bilan bog'Iiq malakalardir. Bularning barchasi bilan bog'Iiq o'quv fanlari odatda ancha katta hajmda o'qitiladi va ularni o'rganish faqat ma'ruza shaklida emas, balki seminar va amaliy mashg'ulotlami ham o'z ichiga oladi.
Shularning hammasi psixolog-masiahatchini umumiy fundamental yoki tayanch kasbiy tayyorlashni tashkil etadi va o'qitishning boshlang'ich bosqichi mazmuniga kiradi. Uning yakunlanishi bilan bo'lajak psixolog-psixolog-maslahatchiik maslahat amaliyotini o'zlashtirish bilan bog'Iiq mustaqil amaliy ishlarga kirishishi mumkin bo'ladi. Biroq awaliga bunda ishning darajasi (saviyasi) unchalik yuqori bo'lmaydi, chunki umumiy va maxsus bilimlardan tashqari ishda professionalizmga erishish uchun tajriba orttirishi zarur.
Hayot psixolog-maslahatchi yaxshi mutaxassis bo'Iishi uchun zarur bo'lgan malakalarga erishish o'quv yurtida emas, balki faqat amaliy faoliyati davomida egallashini ko'rsatadi. Bunga bo'lajak psixolog oliy o'quv yurtida bilim olgan vaqt talab etiladi. Shuning uchun haqiqatda vaqt o'tishi bilan yuksak darajali mutaxassis bo'lish uchun psixolog-maslahatchi supervizor rahbarligi ostida ancha ko'p vaqt ishlashi kerak. Bu ish uchun odatda oliy o'quv yurtini tugatgandan so'ng bir-ikki yil sarflanadi.
Maslahatchi-psixologni kasbiy tayyorlash uning bilim, malakalar, ko'nikmalar to'plamlarini o'zlashtirishidan iborat bo'ladi.
U quyidagilarni bilishi zarur:

  • Psixologik maslahatni yuksak darajasida o'tkazish uchun o'rganishi zarur bo'lgan psixologiya sohasidagi u bilan yaqin bo'lgan fanlar zarur nazariy bilimlarni egallashi kerak.

  • Psixologik maslahat ishlarini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo'lgan bilimlar.

  • Mijozlar bilan amaliy mashg'ulot sohasidagi rivojlangan malakaga ega bo'lish kerak.

  • Turli masalalar va turli odamlar bilan psixologik maslahat o'tkazish uchun ancha katta tajribaga ega bo'Iishi kerak.

Psixolog-maslahatchi ishi olim-psixolog va psixologiya o'qituvchisi faoliyatidan iborat. Psixolog-maslahatchi uchun hozirgi kunda fanda hatto u psixologik maslahat o'tkazadigan sohalarda to'plangan barcha bilimlarni bilishi shart emas, biroq psixologik maslahatda odamlar bilan amaliy ishlarda foydali bo'lishi mumkin bo'lgan barcha axborotlarni u bilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Psixolog-maslahatchi ilmiy tushunchalarni to'g'ri aniqlashni bilishi majburiy emas, ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish va o'tkazishni bilishi shart emas. Lekin u odamlar murojaat etadigan amaliy muammolami nazariy bilimlar bilan bog'lashga va ushbu bilimlarini mavjud qiyinchiliklarni samarali hal etishda foydalanishga o'rganib olishi kerak. Maslahatchi-psixolog yuksak ilmiy va metodik darajada psixologiyani o'qitishni bilishi shart emas, lekin u mijozlarga foydali psixologik bilimlar berishni o'rganib olishi kerak. Psixolog-maslahatchi faqat amaliyotchi emas, balki ishning tashkilotchisi hamdir. Shuning uchun u psixologik maslahat ishlarini tashkil etishga taalluqli barcha ishlarga o'rganib olgani maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunga xususan ma'lum ijtimoiy, huquqiy, moliyaviy masalalar va yangi tashkilotni yaratuvchi va tashkil etuvchi boshlayotgan ishbilarmon uchun zarur bo'lgan bilimlar kiradi.
Bunga yana kadrlarni tanlab olish va joyiga qo'yish, ular o'rtasida vazifalarni taqsimlash, ularning o'zaro aloqalarini tashkil etish ham kiradi.
Mijozlar bilan muloqot jarayonida psixolog-maslahatchidan odamlarni to'g'ri baholashni bilish, bir-birini tushunishga erishish, yaxshi munosabatlar o'matish va ishontirishni bilish talab etiladi.
Gap shundaki, kasbiy oliy o'quv yurti tayyorgarligi jarayonida barcha vaziyatlarni ko'zda tutish mumkin emas, bunday tayyorgarlik malaka, ko'nikmalarni ishlab chiqishdan ko'ra ko'proq bilim olishga yo'naltirilgan. Malaka, ko'nikmalar esa psixologik maslahat o'tkazish amaliy tajribasida shakllanadi.
Psixolog-maslahatchining kasbiy malakasi qanday oshiriladi?
Kasbiy malakasini mantazam oshirib borish ham uning umumiy va maxsus psixologik ta'limi kabi psixolog-maslahatchining kasbiy tayyorlashga majburiy talab hisoblanadi. Birinchidan, oliy o'quv yurtida olgan bilimlari vaqt o'tishi bilan eskirib boradi va ularni yangilash zaruriyati yuzaga keladi. Ikkinchidan, har bir psixologik maslahat, har bir psixolog-maslahatchi boshqalar uchun foydali amaliy ish tajribasini to'plab boradi va ularni almashish odatda malaka oshirish vaqtida amalga oshiriladi.
Psixolog-maslahatchilarni kasbiy tayyorlash asosiy soha va yo'nalishlari psixolog-maslahatchi ishiga qo'yiladigan talablarga binoan uning kasbiy malakasini oshirish quyidagi asosiy yo'nalishlarini ko'rsatib o'tish mumkin:

  1. Psixolog-maslahatchi faoliyati asosini tashkil etuvchi zamonaviy psixologiya sohalarida yangi ilmiy va amaliy foydali bilimlarni olish, bu bilimlarni turli yo'llar bilan egallash mumkin: malaka oshirish maxsus fakultetlarida, kurslar, seminarlarda hamda yangi ilmiy va ilmiy-amaliy nashrlar bilan doimiy tanishib borish hisobiga mustaqil ravishda egallab borish.

  2. Yanada yuksak kasbiy razryad olish uchun dissertatsiya tayyorlash va himoya qilish, imtihon topshirish, bu yo'nalish odatda ma'lum huquqlarga ega bo'lgan davlat yoki jamoat tashkilotlari tomonidan nazorat qilinadi.

  3. Psixolog-maslahatchining psixoterapiya yoki psixokorreksiya yangi metodlarini o'ziashtirishi, mijozga psixoterapevtik yoki psixokorreksion ta'sir ko'rsatishi odatda psixolog-maslahatchi vazifasiga kirmasa ham u kerak bo'lgan vaqtda zarur metodlardan foydalanishni bilishi kerak. Bu metodlami psixolog-maslahatchi qanchalik yaxshi bilsa, uning kasbiy mahorati darajasi shunchalik yuqori bo'ladi.

  4. Boshqa psixologik maslahatlarda va yanada tajribali psixolog-maslahatchilar rahbarligi ostida malakasini oshirishning bu shakli ish tajribasini almashish bilan bog'liq bo'ladi. Bunday doimiy tajriba almashish esa har qanday psixolog-maslahatchining kasbiy mahoratini ta'minlash va rivojlantirish uchun zarurdir.

  5. Mijoz sifatida psixologik maslahatdan o'tish, maslahat berish, psixokorreksiya va psixoterapiya metodlari bilan tanishish, malakasini oshirish psixolog-maslahatchi ishida ikki barobar ijobiy rol o'ynaydi. Birinchidan, uning yordamida har qanday odamda bo'lgani kabi unda ham bo'lishi mumkin bo'lgan muammolarini hal etish imkonini beradi. O'zi uchun bu muammolami hal qilmay, ulami yo'qotmay turib u boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli maslahat o'tkazishi qiyin bo'ladi. Ikkinchidan, mijoz rolida ishtirok etib psixolog-maslahatchi bo'lajak mijozlami chuqurroq tushunishga va his etishga o'rganib olishi, psixokorreksiya va psixoterapiya kerakli metodlarini yaxshiroq egallab olishi mumkin bo'ladi.

Adabiyotlar:

1. Umumiy psixologiya A.V. Pеtrovskiy tahririda, Toshkеnt 1992 yil, 53–62 bеtlar.
2. Kazakov V.G., Kondrat
еva L.L. Psixologiya, M. 1989, 282–316 b.
3. M.V., Domash
еnko I.A. Atlas po psixologii, M. 1990, 27–42 b.
4. N
еmov R.S. Psixologiya, M. 1990, 12–17 bеtlar (rus tilida) 
5. G`ozi
еv E. Psixologiya, T. 1994, 13–31 bеtlar.
www.arxiv.uz
www.referat.arxiv.uz
Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling