Mavzu: Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari


Download 53.28 Kb.
bet5/5
Sana20.12.2022
Hajmi53.28 Kb.
#1039614
1   2   3   4   5
Bog'liq
Ta’lim jarayonida innovatsiyalar, tasnifi, samaradorlik mezonlari

NILUFAR GULI” chizmasi - muammoni yechish vositasi. О‘zida nilufar guli kо‘rinishini namoyon qiladi. Uning asosini tо‘qqizta katta tо‘rt burchaklar tashkil etadi.
Tizimli fikrlash, tahlil qilish kо‘nikmalarini rivojlantiradi va faollashtiradi.
Chizmani to‘zish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik guruhlarda chizma tuzadilar: tо‘rt burchak markazida avval asosiy muammoni (gʽoya, vazifa) yozadilar. Uning yechish gʽoyalarini esa markaziy tо‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta tо‘rt burchaklarga yozadilar. Markaziy tо‘rt burchakning atrofida joylashgan sakkizta tо‘rt burchaklarga yozilgan gʽoyalarni, atrofda joylashgan sakkizta tо‘rt burchaklarning markaziga yozadilar, ya’ni gulning barglariga olib chiqadilar. Shunday qilib, uning xar biri о‘z navbatida yana bir muammodek kо‘riladi.
Chizmani to‘zish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida-kichik guruhlarda chizma tuzadilar: avval asosiy muammoni (gʽoya, vazifa) yozadilar, sо‘ngra kichik muammolarni, ularning har biridan esa, kichik muammoni batafsil kо‘rib chiqish uchun “kichik shoxchalarni” chiqaradilar. Shunga asosan har bir gʽoyalar rivojlanishini batafsil kuzatish mumkin.
Amaliy nuqtai nazardan barcha gʽoyalarni ixcham deb tasavvur qiling (bitta-ikkitasi bilan chegaralaning), bu ham aql uchun foydali mashq hisoblanadi.
Sizga katta qogʽoz varagʽi zarur bо‘ladi. Doimo о‘zingiz mushohadalaringiz natijasini bir varaq qogʽozda kо‘rish foydali hisoblanadi. Qarama-qarshi holda esa sizga bir varaqdan boshqasiga sakrab yurishingizga va bunda zaruriy biror muhim narsani unutishingizga olib keladi.
Hozirgi kunda ta’lim tizimida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni maktab amaliyotiga tadbiq etishning yakuniy bosqichi davom etmoqda.
Pedagogika fanida o’qitish jarayoni ikki tomonlama ta’lim oluvchi tomonidan bajariladigan o’kuv faoliyati va ta’lim beruvchining o’rgatuvchilik faoliyati yig’indisidan iborat ekanligi e’tirof etiladi. Bu qoidani inkor etib bo’lmagani kabi zamonaviy ta’lim mazmuni umuminsoniy va milliy tajribalardan tashkil topshi ham xayotiy xaqikatdir.
Ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi va mustakil fikr yuritishlariga undashi bevosita ta’lim beruvchi faoliyatiga eoglik. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni faollashtiradigan, o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’l , usul va uslublarni o’qitish shakllari mgtsd va vaziyatlarni izlaydi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib o’kuv jarayonining yukori sifat va samaradorligiga erishadi. Zero, "agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi mukarrar".
Yosh avlodni erkin mustaqil fikrlashi uchun ta’lim tizimida muammoli usuldan, muammoli vaziyatlarni yaratish yoki muammoli ta’limni tashkillash maksadga muvofikdir.
Muammoli ta’lim deyilganda, o’kuv materialini ta’lim oluvchilar ongida ilmiy izlanishga undash, bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan kilib o’rganish tushuniladi. O’rgatishning bu usulida ta’lim oluvchining fikrlash faoliyatida mantiqiy, to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Yuzaga kelgan muammoni xal qilish uchun, u o’rganiladigan qoidalarni to’g’ri tushunib olishga intiladi. Muammoli ta’limni tashkil kilishdan asosiy maqsad:
a) talabalarni mustakil fikrlashga o’rgatish;
b) mustaqil bilim olish , o’z ustida ishlash ko’nikmasini singdirii1;
v)ta’lim oluvchilarni izlanuvchanlik kobiliyatlarini shakllantirnsh:
g) o’z fikr - muloxaza za takliflariga suyanib xulosa chikarishga, fikrlarni dalillar asosida asoslab berishga tajribalar o’tkazishga o’rgatishdan iboeatdir.
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida muammoli vaziyatlarning har xil turlaridan foydalanilmokda. Boshlang’ich sinflarda bolalarning faxmini rivojlantiradigan biluv topshiriqlaridan, masalalardan, yukori sinflarda har narsani bilishga qiziqish va xavas uyg’otadigan, ya’ni fanlar bo’yicha maxsus masalalardan, o’rta maxsus kasb-xunar, akadem lisey va oliy ta’lim tizimida esa ta’lim oluvchi ongida mukarrar sur’atda mayilli bir savol tug’iladigan va shu savolga javob kaytarish istagi paydo bo’ladigan, shuningdek, intellektual hislar va ruxiy kechinmalar xosil qiladigan muammoli vaziyat yaratilmokda.
Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’lim oluvchilar oldida tez-tez muammolar paydo qilish, ya’ii muammoli vaziyat yaratish usulidan unumli foydapanishmoqda.
Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur.
Bugun jamiyat ta'lim maskanlari oldiga: maxsus qobiliyatini ularning mustaqil bilishlarini maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirishni vazifa qilib qo'ydi.
Ana shu vazifalarni hal etishda muammoli ta'lim texnologiyasi etakchi o'rinni egallaydi.
Muammoli ta'lim – bu mantiqiy fikrlash jarayoni (tahlil, umumlashtirish va boshqa shu kabilar) va o'quvchilarning izlanishli faoliyati qonuniyatlarini (muammoli vaziyat, bilishga qiziqish, ehqtiyoj) hisobga olib tuzilgan ta'lim va o'qitishning ilgari ma'lum bo'lgan usullarini qo'llash qoidalarining yangi tizimidir. Shuning uchun ham muammoli ta'lim ko'proq o'quvchi fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, uning umumiy rivojlanish va e'tiqodining shakllanishini ta'minlaydi. Didaktikaning barcha yutuqlarini istisno qilmay, balki ulardan foydalangan holda muammoli ta'lim ilmiy bilim va tushunchalarni, dunyoqarashni shakllantirish, shaxs va uning intellektual faolligini har tomonlama rivojlantirish vositasi sifatida rivojlantiruvchi ta'lim bo'lib qoladi.
Muammoli ta'lim nazariyasi o'quvchi intellektual kuchining rivojlantiruvchi ta'limni tashkil qilishning psixologik – pedagogik yo'llari va usullarini tushuntiradi.
Muammoli vaziyatlarning roli va ahamiyatini aniqlash o'quvchi faol fikrlash faoliyatining psixologik-pedagogik qonuniyatlarini izchil ravishda hisobga olish asosida o'quv jarayonini qayta qurish g'oyasiga olib keldi. Yangi pedagogik faktlarni nazariy jihatdan mulohaza qilib ko'rish asosida muammoli ta'limning asosiy g'oyasi aniqlanadi: muammoli ta'limda bilimning deyarli katta qismi o'quvchilarga tayyor holda berilmaydi, balki o'quvchilarning tomonidan muammoli vaziyat sharoitlarida mustaqil bilish faoliyati jarayonida egallab olinadi.
Ma'lumki, shaxsning har tomonlama va garmonik rivojlanishining muhim ko'rsatikichi – yuqori darajada fikr yuritish qobiliyatining mavjudligidir. Agar ta'lim ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga olib borsa, u holda uni so'zning zamonaviy ma'nosida rivojlanuvchi ta'lim deb hisoblash mumkin.
Rivojlanuvchi ta'lim deb, ya'ni umumiy va maxsus rivojlanishga olib keladigan shunday ta'limni hisoblash mumkinki, unda o'qituvchi fikr yuritishning qonuniy rivojlanishni bilimga tayangan holda, maxsus pedagogik vositalar yordamida o'z o'quvchilarini fan asoslarini o'rganish jarayonida fikrlash qobiliyati va bilish ehtiyojini shakllantirishga oid maqsadga yo'naltirilgan ish faoliyatini olib boradi.
O'qitish jarayoniga muammoli o'qitish texnologiyasini qo'llash uchun o'qituvchi quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:

  1. O'quv dasturi bo'yicha mavzularni muammoli dars shaklida o'tish mumkinligini;

  2. Mavzu matnidagi masalalar bo'yicha muammoli vaziyatni keltirib chiqaradigan savollar, topshiriqlarni aniqlash, bunda didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, mantiqiy ketma-ketlik, izchillik prinsiplariga amal qilish;

O'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarishni ta'minlaydigan vosita va usullarini aniqlashi, ulardan o'z o'rnida va samarali foydalanish yo'llarini belgilash zarur.
Pedagogika fanlarining o’qitishni tashkillashtirishda muammoli usuldan foydalanish alohida ahamiyatga egadir. Masalan: "Zardo’shtiylik dinining birinchi olovi kayerda yoqilgan", yoki doskaga kuyidagi tasvirni tushirib, "Kaykovusni qarindoshlik rishtalarini aniklang", yoki "Anbar otin nima uchun kizlar maktabida chistonlardan foydalangan", yoki "ta’lim va tarbiya jarayonlarining xususiyat va qonuniyatlari orasida kanday fark va o’xshashliklar bor?" yoki "Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan o’kitish paradshmasini anikdang". Bu savollar ko’rinishidan juda soddaga o’xshasa xam, uni echish, unga javob topish , asoslash ta’lim oluvchini o’ylangiradi, fikrlarini teranlashtiradi, natijada u o’zining bilimlarini ishga soladi. Bu jarayonda ta’lim beruvchi quyidagi talablarni nazarda tutishi shart:



  1. Ta’lim o.tuvchilar bilish kiyinchiligiga ega, ya’ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish.

  2. Ta’lim oluvchilarda bilishga qiziqish uyg’otish.

  3. Taxlil jarayonida ta’lim oluvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.

  4. Ta’lim sluvchiga qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil kilish.

Tajribalarning ko’rsatishicha muammo natijalarini topish, ta’lim oluvchilarda bklishga xavas, izlash-kidirishga intilish, intellektual hislar, ruhiy kechinmalarni xosil qiladi. Muammoli tatlim vauni tashkil etish bir qancha afzalliklarga ham ega:




  1. Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarni mantikiy-ilmiy, ijodiy, fikrlashga o’rgatadi.

  2. Muammoli ta’lim o’kuv axborotini chukurroq o’zlashtirishga olib keladi.

  3. Ruhiy koniqish, o’z imkoniyatlarini va kuchiga ishonish tuyg’usini vujudga keltirish.

  4. Ta’lim oluvchilarda yangiliklar yaratish va mantikiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

  5. Haqikatning, qonuniyatning osonlikcha paydo bo’lmasligi, u ta’lim oluvchidan intilish, izlanish, mashakqatlarga barham berish kabi ilmiy e’tiqodlarini chuqurlashtiradi.

  6. Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatida ularda xar narsaii bilishga havas, faxm-farosatlikni tarbiyalashga yordam beradi.

  7. Ta’lim oluvchiga mustaqil o’qishga qiziqish va yangilikka intilish hissini o’stiradi.

  8. Ta’lim oluvchida ijod qilishga intilish va o’zgalar fikrini hurmat qilish kabi shaxsiy fazilatlarni taribyalashga yordam beradi.

Shark mutaffakiri A.R. Beruniyning pedagogik va didaktik qarashlarida, o’quvchilarning o’kitish hamda taribiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzularda muloxazalar yuritishni, shuningdek o’kuvchining zerikmasligini, xotirasiga malol keltirmaslikni (zo’riqtirmaslikni) ta’kidlab aytgan fikrlarini keltirish joiz: "Bizning maqsadimiz o’quvchini toliktirib qo’ymaslikdir, xadeb bir narsani o’kiyberish zerikgrli bo’ladi, va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga utib tursa u huddi turli tuman bog-rog’larda sayr kilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha kilgisi keladi. Har bir yangi vokea-narsa kishiga rohat bag’ishlaydi".
Download 53.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling