Mavzu: Ta’lim jarayonida Web texnologiya tushunchasi. Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim kontentini yaratish
Download 212.84 Kb. Pdf ko'rish
|
axborot
O’quv
muassasasi uchun yaratilgan saytlarning ahamiyati. Internet texnologiyalarining imkoniyatlari kengligi va sodda ekanligi internetdan foydalanuvchilarning daqiqa sayin ortib borishiga olib kelmoqda. Bu foydalanuvchilar orasida ko’pchilik qismini albatta, ta’lim oluvchilar, o’quvchilar, ilmiy izlanish bilan band bo’lgan xodimlar tashkil qiladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim jarayonida Internet texnologiyalaridan, xususan o’quv muassasalariga bag’ishlangan veb - saytlardan foydalanish ta’lim sifati va samaradorligini sezilarli darajada yuqori bosqichga olib chiqishga yordam beradi. Yangi axborot texnologiyalar vositalari takomillashib va rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda o’quv muassasasida tahsil olayotgan o’quvchi yoshlarning (umuman har qanday sohada faoliyat ko’rsatuvchilarning) zarur axborotlarni Internet tizimidan mustaqil ravishda topa olishi, ular duch keladigan mavjud mutaxassisligiga oid muammolarni to’la va to’g’ri hal qila olishidagi muhim sharoitlardan biriga aylanib bormoqda. Ta’lim jarayonida Internet saytlaridan foydalanish imkoniyatlarini, uning samaradorligini aniklashda avval Internet hizmatining turlari va ularning harakterini aniqlab olish nihoyatda muhimdir. Aynan ana shu aniqlangan ma’lumotlar Internet tarmog’ida ishlashning tashkiliy jihatdan shakli va usullarini ajratib olishga yordam beradi. Klassifikatsiyalashga asos qilib internetning ishlash uslubini olish mumkin. Bu holda Internet server xizmatlarini ikkiga: axborotli va kommunikatsion xizmat turlariga ajratish kerak. Axborotli xizmatga WWW (ma’lumotlar majmuasi) va G’TR (dasturlar majmuasi) lar kiritiladi. Kommunikatsion xizmatni esa ikkiga: bevosita (PC, chat) va bilvosita muloqot (elektron pochta, forum, telekonferensiya) turlariga ajratish mumkin. Internetdagi barcha ―o’quv muassasa uchun yaratilgan saytlarni o’z navbatida bir necha turga ajratish mumkin: ➢ o’rgatuvchi internet manbalari; ➢ maslahat beruvchi internet manbalari; ➢ axborotli internet manbalari; ➢ baholovchi internet manbalari; ➢ taqdimotli internet manbalari. Quyida ularning har biriga alohida to’xtalib o’tamiz: Download 212.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling