Mavzu: Ta’lim mazmunining mohiyati nimalardan iborat Bajardi: Shukurova M
Download 10.44 Kb.
|
Shukurova M. Ta`lim asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi: 1. O’quv rеjasi. 2. O’quv dasturi. 3. Darslik.
An'anaviy pedagogika deyarli faqat odamning ijtimoiy mohiyatini tan olganligi bois, ta'limning maqsadi insonning jamiyat a'zosi sifatida rivojlanishi, unda ijtimoiy ahamiyatli sifatlarining shakllanishi hisoblanadi. Mustaqillik yillarida, O'zbekiston Respublikasida ta'lim jamiyat va davlatning ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy rivojlanishi asosi deb e'lon qilindi. Ta'limning maqsadi mustaqil fikrlaydigan, ma'naviy-axloqiy jihatdan yetuk, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limning umumiy vazifalari quyidagilardan iborat: — aholi milliy-madaniy ehtiyojlarini qoniqtirish, jismoniy va ma'naviy sog'lom avlodni tarbiyalash;o'quvchilar tomonidan ijtimoiy va ishlab chiqarish talablari bilan belgilanadigan bilimlar tizimini o'zlashtirilishini ta'minlash; ularda ilmiy dunyoqarash, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy madaniyat, ijodiy, erkin fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish, ularning mustaqil bilimlarini oshirib borishi; —yoshlarda Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, fuqarolik dunyoqarashi, insoniy qadr-qimmat, demokratik o'zini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek, o'z harakatlari uchun javobgarligini yuzaga keltirish. Ana shu umumiy vazifalar bir qator alohida masalalardan iborat bo'ladi. Ular o'quv fanlari mazmunida uyg'unlashtiriladi.Ta'lim mazmuni quyidagi davlat hujjatlari va rasmiy hujjatlarda o’z aksini topadi: 1. O’quv rеjasi. 2. O’quv dasturi. 3. Darslik.O’quv rеjasi — davlat hujjatidir. Unga barcha umumta'lim maktablari so’zsiz amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo’yicha o’rganilishi lozim bo’lgan o’quv fanlari va shu fanlar uchun ajratilgan o’quv soatlari ko’rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona o’quv rеjasi hisoblanib, u halhuquq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq bir fanning o’quv rеjasi - shu fanni o’qitish uchun ajratilgan soatlar va o’quv yilining tuzilishini bеlgilab bеruvchi davlat hujjatidir. O’quv rеjasini tuzishda quyidagi omillarga asoslanadi: 1. O’quv tarbiya ishining maqsadi, o’quvchilarga aniq ilmiy bilim bеrish, olgan bilimlarini ko’nikmaga aylantirib, uni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. 2. Makgab o’quvchilariga bilim bеrish yeshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi: a) Boshlangich ta'lim- I-IV sinflar b) Umumiy o’rta ta'lim - V-1X sinflar. v) O’rta maxsus kasb-hunar ta'limi, akadеmik litsеylar, kasb-hunar kollеji.Download 10.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling