Mavzu: Ta’lim metodlari tushunchasi
Eksperiment-tajriba sinov metodi
Download 25.95 Kb.
|
karimova zulxumor umumiy pedagogika
Eksperiment-tajriba sinov metodi.“Eksperiment”so`zi lotincha “sinab ko`rish”, “tajriba qilib ko`rish” ma`nosini anglatadi.Odatda eksperimental-tajriba ishlari ta`lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o`tkaziladi. Bunda ham ilmiy farazlarning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e`tibor beriladi. O`tkaziladigan tajriba ishlari ta`lim va tarbiya o`rtasidagi qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida yangi metodlarni tadbiq etishga, ta`lim-tarbiya samaraligini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta`lim-tarbiya jarayonining borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko`ra bilish imkoniyatini beradi. Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o`tkaziladi: 1.Tabbiy ekseriment. 2.Labaratoriya eksprementi. 3.Amaliy tajriba. Pedagogik tajriba ham bir qator sgartlarga amal qilgan holda tasgkil etiladi. Xususan: 1)tajribaning maqbul loyiha (dastur) asosida uyushtirilishi; 2)tadqiqot ilmiy farazning puxta asoslanishi; 3)tadqiqot obyektlari va usullarning to’g’ri tanlanishi; 4)tajriba o’tkazilishi vaqti hamda davomiyligini aniqlanishi; 5)zarur pedagogig shart-sharoitlar (asbob-uskuna, jihozlar, vositalar)ning yaratilganligi; 6)tajriba malumotlarni umumlashtirish, tahlil qilish va natijalarni qayta ishlash. Pedagogik tajriba yakunida olingan natijalarga asoslanib umumiy xulosaga kelinadi vailmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqiladi. XULOSA. Men shuni xulosa qilaman,ta’lim jarayonini tashkil etishda ta’lim metodalirining barcha turidan foydalanish kerak.O’qituvchi darsni tashkil etganda har bir metoddan o’rinli foydalanishi bilsa shunda o’quvchilarga mavzuni tushuntirib, yetkazib berishi oson bo’ladi.Hozirgi kunda ko’plab umumiy, xususiy ilmiy metodlardan foydalanilmoqda.Ayniqsa hozirda matematik va modellashtirish metodlarning yangi shakli rivojlandi,kibernitik modellashtirish va kampyuter modellashtirish metodlari jamiyatning barcha sohalarida keng miqyosida qo’llanilmoqda. Zamonaviy ilmiy metodlar tadqiqotchilarga dunyo sir-asrorlarini ochishga yordam bermoqda. Dars jarayonida metodlarni qo’llashda bolaning yosh xususiyatlarni hisobga olib metodlarni qo’llash kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 1.Pedagogika (M.To’xtaxo’jayevaning umumiy taxriri ostida). Darslik – T; 2010 2.Umumiy pedagogika. R. A. Mavlonova, N.H.rahmonqulova, K. O.Matnazarovqa, M.K. Shirinov, S Hafizov. 3.Pedagogika. J. Xasanboyev, X.To’raqulov, I.Alqarov N.Usmonov. T;2011. 4.Umumiy Pedagogika N.Atayev. F. Rasulov. 1-kitib T;2011. 5.Umumiy pedagogika. N. Atayev. M.Salayev. S. Xasanov.2-kitob. T;2013. Download 25.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling