Mavzu: Ta’lim metodlari va vositalari
Download 1.92 Mb.
|
1 2
Bog'liqBoshlang`ich ta`lim metodlari va vositalari 1
Ma’naviy-ijodiy metodlar
Inson ma’naviyatining shakllanishi juda murakkab jarayon. Insonning ma’naviy sifatlarini shakllantirshda oila, atrof-muxit, jamiyat katta rol o‘ynaydi. Ota-onaning mexri, atrofdagilarning mexri, ularni olqishlari bolani mustaqil fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uygotadi. Ustozlar, ota-onalar boladagi bu harakatni, ishonchni sezgandan boshlab, ularga sharoit yaratish va ularni to‘gri yo‘naltirishlari lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi yoshlarning shakllanishida muxim ahamiyatga ega. Sen o‘zing uddalay olasan, bunga qurbing yetadi, deb ishontirish va bu ishonchni “Ma’naviy-ijodiy metod” orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod uch bosqichda amalga oshiriladi: a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uygota bilish; b) o‘quvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan xolda masala qo‘yish, hamda ularga suyanib masalalarni taxlil qilish; v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib xulosa olishga erishish. Ma’ruza davomida informatsiyani ogzaki bayon qilish, uzoq vaqt davomida diqqatni tutib turish, tinglovchilarni fikrlarini faollashtirish usullari, argumentlash, isbotlash, tasniflash, sistemalashtirish, umumlashtirish va boshqalardan foydalaniladi. Suxbat metodi: Ogzaki bayon qilishning asosiy turlaridan biri. Tarkibida eng ko‘p qo‘llaniladigan samarali usullardan biridir. Ko‘pincha bu usul savol-javob usuli ham deb yuritiladi. Dars berish jarayonida o‘tilayotgan mavzu yuzasidan kirish asosiy va yakunlovchi qismlarda suxbat, savol-javob metodi qo‘llaniladi. Suxbat metodida atroflicha o‘ylangan savollar yordamida o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi suxbatni ko‘zda tutib, u o‘quvchini faktlar tizimini yangi tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasida ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim va tarbiyaning insonparvar va demokratik harakterda bo‘lishi ko‘rsatilgan. Ta’lim va tarbiyaning insonparvarlashuvi insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Ta’limni insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, hohish-istaklari va qiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo‘naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling