Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Download 1.38 Mb.
bet1/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403




Qurilish

ekologiyasi
fanidan ma’ruzalar matni

1. EKOLOGIYa ASOSLARI.


  1. Ekologiya atamasini mazmuni.

  2. Ekologiya fanining asoschilari.

  3. Ekologiya g‘oyasi fundamental ilmiy fan sifatida.

  4. Umumiy ekologiyani asosiy bo‘limlari.

  5. Ekologik omillar.

  6. Populyatsiyaning asosiy hususiyatlari.

  7. Ekotizimlar


Ekologiya tirik jonzotlarning yashash sharoiti va ularning o‘zlari turgan muhit bilan o‘zaro yashab murakkab munosabatlari va shu asosda tug‘ilgan qonuniyatlarni o‘rganadi. Bundan tashqari, ekologiya fani insonning tabiat bilan o‘zaro ta’sirining eng maqbul tarzda tashkil etish (optimallashtirish) uchun ilmiy tavsiyalar ishlab chiqadi. Bunda ekologiya tirik jonzotlarning tuzilishi va funksiyasini o‘rganuvchi biologiya, botanika, zoologiya, fiziologiya, biokimyo, morfologiya, molekular biologiya, mikrobiologiya va boshqa fanda erishilgan yutuqlarga tayanadi. Zero, fanlarning tarmoqlanishi bosqichidan so‘ng qonuniy ravishda, tegishli sohalarda to‘plangan bilimlarni umumiylashtirish, birlashtirish, tasniflash, sistemalashtirish lozim bo‘ladi.

Inson o‘z taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridayoq tabiat bilan uzliksiz bog‘liqdir. U hamisha o‘simlik va hayvonat olami, ularning resurslari bilan uzviy bog‘lanishda yashagan. Demak, inson doimo hayvonlar, baliqlar, qushlar va boshqalarning hayot tarzi hamda taqsimlanish xususiyatlarini e’tiborga olishga majbur bo‘lgan. Albatta, qadimgi insonlarning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari ilmiy xarakterga ega emas. Ular atrof muhitdagi o‘zgarishlar mohiyatini hamisha ham to‘g‘ri anglayvermagan. Ammo vaqt o‘tishi bilan ularning aynan tabiat yoki atrof-muhit haqidagi tasavvurlari ekologik bilimlar to‘planishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan.

Ekologiya atamasini fanga birinchi marta 1866 yilda nemis biologi Ernst Gekkel kiritgan. «Ekologiya» so‘zi (grekcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, oykos-uy, yashash joyi, maskan, va logos-fan degan ma’nolarni bildiradi) o‘z mazmuniga ko‘ra, «uy haqidagi, o‘zining yashash joy haqidagi fan» degan ma’noni anglatadi. Yanada umumiyroq ma’noda ekologiya - bu organizmlarning ularni o‘rab turgan yashash muhiti bilan o‘zaro munosabati ( shu bilan birga ularning boshqa organizmlar va turkumlar bilan o‘zaro bog‘liqligi ( xilma-xilligi) ni o‘rganuvchi fandir.

Ekologiya faqat XX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi va rasmiylashdi. Haqiqatda esa, ekologiyaning fan sifatidagi katta ahamiyati yaqin vaqtlardan boshlab tushunila boshlandi. Bu quyidagi holatga bog‘liq holda tushuntiriladi. Yer yuzida aholi sonining ortishi va tabiiy muhitga bo‘lgan ta’sirining kuchayishi inson oldiga hal etilishi zarur bo‘lgan qator yangi hayotiy muhim masalalarni qo‘ydi. Inson endilikda o‘zini o‘rab turgan tabiatning qanday tuzilgani va «qanday ishlashi» haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishi, to‘g‘rirog‘i, uni juda yaxshi bilishi kerak.



Ekologiya g‘oyasi fundamental ilmiy fan sifatida juda muhim ahamiyatga ega. Agar biz bu fanning aktualligini e’tirof etadigan bo‘lsak, eng avvalo, biz uning qonunlari, tushunchalari, atamalaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganib olishimiz kerak. Ular odamlarga o‘zlarini o‘rab turgan tabiiy muhitda o‘z o‘rnini aniqlashda, tabiat boyliklaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanishda juda katta yordam beradi. Tabiat biz o‘zimiz tasavvur etgandan ko‘ra ham ancha murakkabroqdir. Ekologiyaning birinchi qonunini quyidagicha ifodalash mumkin: «Tabiatda inson nimaiki ish qilmasin, ularning barchasi unda ko‘pincha oldindan bilib bo‘lmaydigan u yoki bu oqibatlarni keltirib chiqaradi».

Organizmlarning yashash sharoiti va ularning tashqi muhit bilan o‘zaro munosabati, turlar, populyatsiyalar, biotsenozlar, ekotizmlar, biosfera va boshqa tushunchalar ekologiya fanining manbaini tashkil etadi. Umumiy ekologiya asosan to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi. Bular: autoekologiya, populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera haqidagi ta’limot.




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling