Buzilgan hududlarni qayta tiklash.
Har yili bizning davlatda qishloq xo‘jalikdan yerning ma’lum bir maydonlari olinadi. Shu bilan bir qatorda buzilgan yer maydonlarining soni ortmoqda, ya’ni rekultivatsiyasiz ishlatib bo‘lmaydigan yerlar. Eng ko‘p bo‘ladigan buzilishlar: qurilish maydonlarida yerning o‘simlik qatlamini olib tashlanishi, har hil maydonlarning o‘yilishi, oldin ishlatilgan yerlarni qazish va ular bilan chuqurliklarni to‘ldirish, ariq va transheyalar, ishlab chiqarish va maishiy chiqindilarini to‘plami va boshqalar akkumulyativ (yuzaga shikast yetkazmasdan), va denudatsion ( chuqurlar, yoriqlar, egilishlar).
Hududiy defitsit sharoitida yerlarni rekultivatsiya qilish kerak. Rekultivatsiya – unumdorlikni va xalq xo‘jaligi boyliklarini keyinchalik ishlatish uchun buzilgan yerlarni tiklashdir. Tiklanish quyidagilar uchun amalga oshiriladi:
1. Qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirish;
2. O‘rmon xo‘jaligida ishlatish;
3. Suv xo‘jaligi ehtiyojlari (suv omborlari, dam olish zonalari);
4. Sanoat komplekslari qurilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |