Autoekologiya - ayrim turlarning o‘zlari yashab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, ularning qanday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganini o‘rganadi.
Populyatsiyalar ekologiyasi - populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma’lum sharoitlarda turli organizmlar sonining o‘zgarishi sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya - biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarining o‘zaro aloqalarini hamda ularning tashqi muhit bilan bo‘lgan munosabatlarini o‘rganadi.
Biosfera haqidagi ta’limot - biosfera tarkibi, tuzilishi va energetikasi tirik organizmlar faoliyati majmui bilan belgilanadigan, ya’ni tirik mavjudotlar tarqalgan yer qobig‘i.
Ekologik omillarning organizmlarga ta’siri.
Yerda hayot paydo bo‘lgandan buyon tirik organizmlar tashqi muhitdagi har xil o‘zgarishlar ta’siriga duch keladi. Bizning ona sayyoramizda mavjud bo‘lgan hayvonlar, o‘simliklar hamda hayot kechirayotgan boshqa organizmlar yoki jonzotlarning soni, serobligi va geografik tarqalishiga bevosita yoki bavosita ta’sir ko‘rsatuvchi har qanday tashqi omillar ekologik omillar deb ataladi. Muhitning barcha omili shartli ravishda uchta katta guruhga ajratiladi. Bular abiotik, biotik va antropogen omillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |