Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Biotsenozlar va ularning tuzilmalari


Download 1.38 Mb.
bet6/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

Biotsenozlar va ularning tuzilmalari.

Populyatsiyalarning o‘zaro ta’siri tirik tuzilmalarning yanada yuqori darajasi- biotik jamoalar yoki biotsenozlar xarakterini belgilaydi, muayyan tashqi muhit yoki fazo va vaqtda jamoa bo‘lib (birgalikda) yashaydigan turli turlar ( o‘simliklar, hayvonlar, zambrug‘lar va mikroorganizmlar)ning populyatsiyalari majmuasidan iborat biologik sistema biotsenoz deyiladi.

Turkum (biotsenoz)larni o‘rganishdan maqsad ularning barqaror hayoti qanday ta’minlanishini, turkumlarning o‘zgarishiga biotik o‘zaro ta’sirlar va yashash muhiti qanday ta’sir ko‘rsatishini oydinlashtirishdir.


Ekosistemalar.

Tabiatda barcha tirik organizmlar jamoaga birlashib, u yoki bu darajadagi doimiylik xos bo‘lgan turkum hosil qiladi. Turkum tarkibi ma’lum abiotik omillarning qo‘shilishi , shuningdek, uning tarkibiga kiruvchi, ehtiyojlari bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan turli organizmlarning o‘zaro bog‘liqligi bilan belgilangan. Ular orasidagi bog‘liqlik oziq, himoya, turkumlarning barcha turlarining ko‘payishi bilan ta’minlanadi. Tirik organizmlarning o‘zaro ta’sirlashishi natijasida ekologik sistema hosil bo‘ladi. U tirik organizmlar va ularning yashash muhitidan tashkil topgan yagona tabiiy majmuadan iborat.

Ekosistemaning barcha tarkibiy qismi (komponenti) o‘zaro ta’sirlashadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy suv havzasi ekosistemaga misol bo‘la oladi. U o‘z tuzilmasida gidrobintlar turkumini, suv tarkibining fizik va kimyoviy xossalarini, tubi relefining xususiyatlarini, tuproq-loyi tarkibi va tuzilishi, suvi sirti bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi atmosfera havosi, quyoщ radiatsiyasini qamrab oladi. Ekosistemalarda tirik va notirik tabiat o‘rtasida doimiy ravishda energiya va modda almashinuvi sodir bo‘ladi .




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling