Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Download 1.38 Mb.
bet14/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

Biosferaning tuzilishi.
100 km

Termosfera Hayotsiz qatlam


Stratosfera

90 km


Atmosfera 1 km Tirik organizmlar

keng tarqalgan qatlam

Biosfera

10 km Gidrosfera – (hayot 11 km chuqurlikkacha)

Litosfera – (hayotga boy qism 0-3 m gacha)

Tuproq, cho‘kindilar, granit, bazalt qatlami


Kislorod yerdagi ko‘plab tirik organizmlar uchun hayotbaxsh manba. U jonzotlarga nafas olish uchun zarur. Kislorod atmosfera tarkibida hamisha mavjud bo‘lmagan. U fotosintezlovchi organizmlar (avtotroflar) ning hayotiy faoliyati natijasida paydo bo‘lgan. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida kislorod ozonga aylangan.

Ozon gazi to‘plangan sari asta-sekin atmosferaning yuqori qismida ozon qatlami yuzaga kelgan. Atmosferadagi ozon ekran qatlami sifatida yer sirtini tirik organizmlar uchun xatarli bo‘lgan ultrabinafsha radiatsiyasidan saqlaydi. Biosferada kislorod aylanishi nihoyatda murakkabdir. U bilan ko‘plab organik va noorganik moddalar reaksiyaga kirishadi. Masalan, kislorodning vodorod bilan birikishi natijasida suv hosil bo‘ladi.

Karbonat angidrid gazi organik moddalar hosil bo‘lishidagi fotosintez jarayonida ishtirok etadi. Aynan ana shu jarayonlar tufayli biosferada uglerod aylanishi yuz beradi. Kislorod kabi uglerod ham tuproq, o‘simlik, hayvon tarkibiga kiradi va tabiatda modda aylanishining xilma-xil mexanizmida qatnashadi.

Azot-tengsiz biogen elementdir. U oqsillar va nuklein kislotalar tarkibiga kiradi. Atmosfera - azot manbaidir. Amma tirik organizmlarning asosiy qismi undan bevosita foydalana olmaydi. U dastlab kimyoviy birikmalarga aylanishi kerak. Azot aylanishi uglerod aylanishi bilan uzviy bog‘liq. Azot aylanishi uglerod aylanishiga nisbatan murakkab bo‘lishiga qaramay, odatda, u juda tez kechadi.

Havoning boshqa tarkibiy qismlari biokimyoviy aylanishlarda ishtirok etmaydi. Ammo atmosferada ifloslantiruvchi moddaning ko‘p miqdorda bo‘lishi bu sikllarning jiddiy buzilishiga olib kelishi mumkin.

Savollar:


  1. Atmosfera qanday qatlamlardan iborat?

  2. Atmosfera havosi qanday tarkibiy qismlardan iborat?

  3. Atmosferaning asosiy xossalari va vazifalari.

  4. «Parnik effekti» nima?

  5. Atmosferanining tabiiy ifloslanishiga nimalar kiradi?

  6. Atmosferanining sun’iy ifloslanishiga nimalar kiradi?

  7. Moddalarning ruxsat etilgan miqdori nima?

  8. Kislotali yomg‘irlarning hosil bo‘lishi va ularni atrof-muhitga ta’siri.

  9. Fotokimyoviy tuman nima?



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling