Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


ENERGETIKA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh


Download 1.38 Mb.
bet22/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

7. ENERGETIKA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISh.


  1. Inson faoliyati natijasida tabiatda ketadigan o‘zgarishlar.

  2. Atmosferada «ozon tuynugini» hosil bo‘lishi.

  3. Atmosferada haroratning ortishini yaratuvchi «parnik effekti».

  4. Sanoat korxonalardan va issiqlik elektrostansiyadan chiqadigan moddalarni «kislotali yomg‘ir» hosil qilishi.

  5. Issiqlik elektrostansiya, gidroelektrostansiya va atom elektrostansiyalardan chiqadigan moddalarni atrof muxitga ta’siri.

  6. Ekologik toza issiqlik manbalar.

Inson faoliyati natijasida bitta korxona chiqindilari bilan atmosfera, daryo, ko‘l ifloslanishi va hatto o‘rmonlar yo‘qolib ketishi mumkin. Bu lokal (mahalliy) ekologik muammolariga misol bo‘la oladi. Foydali qazilmalarni qazib olish va ularni qayta ishlash natijasida dengizlar, suv havzalari, shaharlarning tabiiy muhiti ifloslanishi, hududlarning buzilishini hududiy (regional) ekologik muammolar tarzida qarash mumkin.

So‘nggi yillarda olimlar atmosferaning azon qatlamining yupqalashib, yemirilib borayotganini bot-bot ta’kidlashmoqdalar. Xolbuki ozon qatlami ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan tirik jonzotlarni himoya qiladi. Bu jarayon ayniqsa sayyoramiz qutblarida tez kechmoqda. U yerda «ozon tuynigi» hosil bo‘lishi kuzatilmoqda. Ultrabinafsha nurlar ta’sirida kislorod (O2) molekulalari erkin atomlarga parchalanadi. Ular o‘z navbatida kislorodning boshqa molekulalariga birikib, ozon ( O3 ) hosil qiladi. Kislorodning erkin atomlari ozon molekulalari bilan reaksiyaga kirishib, kislorodning ikki molekulasini hosil qiladi. Shunday qilib, kislorod va azon o‘rtasida muvozanat o‘rnatiladi va ta’minlanadi.

Biroq freon tipidagi ifloslantiruvchilar ozonning parchalanish jarayonini tezlashtiradi. Bu kislorod va azon o‘rtasidagi muvozanatni buzadi, ya’ni ozon konsentratsiyasi kamayadi. Butun sayyora miqyosidagi xavf-xatarni e’tiborga olib, xalqaro jamoatchilik bu muammoni hal etishga dastlabki qadamlarini qo‘ydi. 1999 yilda freon ishlab chiqarishi yarim barovar kamaytirish borasida xalqaro shartnoma imzolandi. «Parnik effekt» - atmosferada temperaturaning ortishidir. Yangi ma’lumotlar bo‘yicha, XX asrning 80 yillarida X1X asrning oxiridagiga qaraganda shimoliy yarim sharda harorat 0,5-0,60S ga ko‘tarilgan. Prognoz bo‘yicha XX1 asr boshlarida sayyoradagi o‘rtacha harorat yana 1,20S ga ko‘tarilishi mumkin. Olimlar haroratning bu tarzda ko‘tarilishini birinchi navbatda atmosferada karbonat angidrid gazi va aerozol (freon)lar miqdorining ortishiga bog‘lab tushuntiradilar. Bunda Yerning issiqlik nurlanishini havo kuchli yutadi. Buni parnikdagi holatga o‘xshatish mumkin. Bunday «parnik effekti» ning yaralishida TES va AESdan ajraluvchi issiqlik ham ma’lum rol o‘ynaydi.




ГРЭС ва ИЭМ чиқиндилари


Iqlimning isishi muzliklarning intensiv erishi va Dune okeani sathining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldindan bashorat qilish qiyin. Bu muammoni karbonat angidrid gazi va boshqa ifloslantiruvchilarning atmosferaga tarqalishini kamaytirib va tabiatdagi uglerod aylanishida muvozanatni ta’minlab hal etish mumkin. O’rmonlarning yalpi tarzda yo‘qolishi - hozirgi zamondagi global ekologik muammolardan biridir. O’rmon turkumlari tabiiy ekosistemalarning normal «ishlashi» da muhim rol o‘ynaydi. Ular antropogen asosda kelib chiqqan atmosferadagi iflosliklarni yutadi, tuproqni eroziyadan saqlaydi, sirtqi suvlarning normal oqimlarini tartibga soladi, tuproq suvlari darajasi pasayishiga, daryolar, kanallar va suv havzalarining qurib qolishiga to‘sqinlik qiladi.

O’rmon maydonlari kamayishi biosferada uglerod va vodorod aylanishi jarayonini buzadi. O’rmonlarning yo‘qolishi ularning flora va faunalari xilma-xil turlarining halok bo‘lishiga olib keladi. Inson o‘rmonlarni yo‘qotib, o‘z sayyorasi qiyofasining manzarasini tobora qashshoqlashtirmoqda. Oltingugurt ikki oksidi va azot oksidi yuzaga keltiradigan kislota yomg‘irlari ekosistemalarga, ayniqsa o‘rmonlarga katta zarar keltiradi. Kislota yomg‘irdan katta yaproqli daraxtlardan ko‘ra nina barglilari ko‘proq zarar ko‘rishi aniqlangan. Kislota yomg‘iri atrof-muhitga boshqa zararli ta’sirlar ham ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish chiqindilari jiddiy ekologik muammoga aylandi. Hozirgi vaqtda atrof-muhitni ifloslantiruvchi sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalari chiqindilari miqdorini kamaytirishga harakat qilinmoqda. Bu maqsadda murakkab filtrlar ishlab chiqilmoqda va o‘rnatilmoqda, qimmatbaho tozalash qurilmalari tindirgichlar barpo etilmoqda. Ma’lumki,eng mukammal tozalash ishlaridan keyin ham, tozalangan oqava suvlarda 10%ga yaqin ifloslantiruvchi moddalar va erigan mineral moddalar qoladi. Muammoni chiqitsiz texnologiya ishlab chiqish va uni amalga joriy etish yo‘li bilangina hal etish mumkin.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda agrotexnika qoidalariga va o‘g‘it solish me’yorlariga qat’iy amal qilish muhimdir. Chunki zararkunandalar va yovvoyi o‘tlar bilan kimyoviy vositalar yordamida kurashish ekologik muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu krizisni bartaraf etish yo‘llarini axtarish bir necha yo‘nalishlarda olib borilmoqda.



Qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o‘simlik navlarini o‘stirish borasida ishlar qilinmoqda. Zararli hashoratlarning tabiiy dushmanlari ko‘paytirilib, biologik ko‘payish usullari borasida katta izlanishlar olib borilmoqda. Faqat, hashoratlarning ma’lum turlarining biokimyoviy sistemasiga ta’sir ko‘rsatib boshqa organizmlarga zarar keltirmaydigan yuqori texnologiyali preparatlar ishlab chiqilmoqda.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling