29-Ma’ruza suyuqliklarning xossalari Reja: Suyuqliklarning issiqlik sig’imlari


Download 2.26 Mb.
bet1/3
Sana09.10.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1695740
  1   2   3
Bog'liq
29-мавзу


29-Ma’RUZA
Suyuqliklarning xossalari
Reja:
 
1. Suyuqliklarning issiqlik sig’imlari.
2. Suyuqliklarda sirt hodisalari. Sirt tarangligi.
3. Suyuqliklarning bug‘lanishi va qaynashi.
SUYUQLIKLARNING ISSIQLIK SIG’IMLARI
Suyuqliklarning issiqlik sig’imlari gazlarning issiqlik sig’imlaridan keskin farq qilib, molekulaning strukturasiga, massasiga va temperaturasiga ham bog’liq. Bu bog’lanish turli xil suyuqliklar uchun turlicha bo’lib, ayrim suyuqliklar uchun temperaturaning ortishi bilan issiqlik sig’imlari ortadi, ayrim suyuqliklar uchun esa aksincha, kamayadi. Ba’zi suyuqliklarda masalan, suvda issiqlik sig’imi temperaturaning ortishi bilan dastlab kamayadi, so’ngra minimumdan o’tib orta boshlaydi.
Suyuqliklar hajmi siqiluvchanlikka ega bo’lganliklari uchun ularning doimiy hajmdagi issiqlik sig’imlari SV, doimiy bosimdagi issiqlik sig’imlari SP dan farq qiladi.
Lekin bu farq ideal gazlardagi kabi SP-SV=R (1 mol gaz uchun) ga teng bo’lmasdan, unda katta yoki kichik ham bo’lishi mumkin. SP-SV ning qiymati siqilish koeffitsienti ρ ga va suyuqlik molekulalararo ta’sir kuchlari, binobarin, ichki bosimga bog’liq.
Masalan, suvning 273 K atrofidagi issiqlik sig’imlari
bo’lib,
bo’lsa, suyuq argonning 140 K temperatura atrofidagi issiqlik sig’imlari,
ga teng.
Suyuqliklar isitilganda ularning hajmlari ortadi. Hajmning bunday ortishi hajm kengayishi koeffitsienti bilan xarakterlanadi. Suyuqlikning issiqlikdan hajm kengayish koeffitsienti deb, suyuqlik temperaturasini 1K ga isitganda uning hajmining nisbiy o’zgarishiga aytiladi va K-1 larda o’lchanadi:
Bu koeffitsient bosim va temperaturaga bog’liq bo’lib, bosimning ortishi bilan kamayadi va temperaturaning ko’tarilishi bilan ortadi. Hajm kengayish koeffitsienti suyuqliklarning strukturasiga bog’liq bo’lib, turli xil suyuqliklar uchun turlichadir.
1-rasm
Suyuqliklarning hajm kengayish koeffitsienti maxsus asboblar dilatometrlar yordamida o’lchanadi. Oddiy dilatometr suyuqlik solingan kapillyarli idishdan iborat bo’lib, bu idish maxsus termostatga joylashtiriladi (1-rasm). Termostat yordamida idishdagi suyuqlikning temperaturasi o’zgartirilib, uning kapillyardagi ko’tarilish balandligi ∂h aniqlanadi va S – kapillyarning naychasining ko’ndalang kesimi bo’lsa

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling