Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi
Download 86.5 Kb.
|
21 Komponentning eritma ustidagi bug
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi Reja
Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi. Raul va Genri qonunlari. Ideal, cheksiz suyultirilgan va real eritmalar uchun Raul va Genri qonuni. Tayanch so‘z va iboralar: Komponentning eritma ustidagi bug‘ bosimi. Raul va Genri qonunlari. Ideal, cheksiz suyultirilgan va real eritmalar uchun Raul va Genri qonuni. Bir xil va har xil molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari teng bo‘lgan komponentlardan tashkil topgan eritmalar ideal eritmalar deyiladi. Masalan: A va B komponentlardan iborat eritmada A-A, B-B, va A-B molekulalar orasidagi o‘zaro ta’sir kuchlari teng bo‘ladi. Ideal eritmalarda alohida komponentlarning xossalari ularning toza moddadagi individual xossalaridan farq qilmaydi. Shuning uchun ideal eritmalarning tabiati ancha oddiy. Ularning xossalarini Vand-Goff va Raul qonunlari orqali ifodalash mumkin. Oldingi mavzuda ta’kidlagandek, erigan modda zarrachalarining eritmadagi diffuziyasi eritma hosil bo‘lishining Molekulyar-kinetik shartlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Osmos hodisasi diffuziya jarayoni bilan bog‘liq. Agar idish erituvchi molekulalarini o‘tkazib erigan modda molekulalarini o‘tkazmaydigan yarim o‘tkazgich membrana bilan ikkiga ajratib, uning bir qismiga eritma, ikkinchi qismiga toza erituvchi yoki konsentratsiyasi pastroq eritma quyilsa unda erituvchi konsentratsiyasi past bo‘lgan bo‘lmadan konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan bo‘lmaga o‘ta boshlaydi. Erituvchi molekulalarinig konsentratsiyasi past bo‘lgan eritmadan konsentrstsiyasi yuqori bo‘lgan eritmaga yarim o‘tkazgich membrana orqali bir tomonlama diffuziyasiga osmos deyiladi. Osmos jarayonini o‘rganish uchun rasmda tasvirlangan asbobdan foydalaniladi. Tashqi idish (1) toza auv bilan to‘ldiriladi. Ichki idishga (2) esa biron bir modda eritmasi quyiladi. Ichki idishning tubiga yarim o‘tkazgich membrana mahkamlanadi. Yarim o‘tkazgich membrana sifatida sellofan, viskoza, hayvon pufagi hmda yuqori Molekulyar moddalardan tayyorlangan turli plyonkalardan foydalanish mumkin. Erituvchi molekulalari membrana orqali har ikkala tomonga o‘tishi mumkin. Ammo tashqi idishdan ichki idishga o‘tishi ko‘proq kuzatiladi. Shuning uchun ichki idishdagi suyuqlik sathi asta-sekin ko‘tariladi. Natijada ichki idishdagi eritmada gidrostatik bosimning bu hodisa oshishi hamda suv molekulalarining ichki idishdan tashqi idishga o‘tish tezligining oshishiga sababchi bo‘ladi. Nihoyat eritma ustunining muayyan balandligi (h)ga suv molekulalarining har ikkala tomonga o‘tish tezliklari tenglashadi hamda suyuqlik sahining ko‘tarilishi to‘xtaydi. Osmos jarayoniga ta’sir etib eritma sathini toza erituvchi sathigacha pasaytirish uchun sarflanadigan kuchga osmotik bosim deyiladi Osmotik bosim membrana va moddalar tabiatiga bog‘liq bo‘lmadan faqat eritma konsentratsiyasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan:T=293 K dagi 6% li shakar eritmasining osmotik bosimi 4.36·10² kPa bo‘lsa, dengiz suviniki 2.83·10³ kPa ga teng. Hayvon hujayralarida osmotik bosim 300 kPa gacha bo‘ladi. Osmos hodisasi odam, o‘simlik va hayvonlarning hayot faoliyatida juda katta ahamiyatga ega. Hujayralarga oziq moddalar va dorilar vositalar ning yetkazilishi, shuningdek, hujayralardan moddalar almashinuvi mahsulotlarining chiqarilishi osmos bilan bog‘liq. Ko‘pgina dori vositalarining ta’siri ichakda tuzlar konsentratsiyasining oshishi va organizmdan ichakka suvning oqib kelishishiga asoslangan. Yaralarni yuvish uchun esa NaKl ning 0,9% li izotonik eritmasidan foydalaniladi. Chunki bu eritmaning osmotik bosimi hujayra suyuqliklarining osmotik bosimiga teng bo‘lganligi uchun yaralarni yuvishda hujayralar jarohatlanmaydi. Osmos hodisasini 1748-yilda Nolle bayon qilgan. 1877-yilda esa botanik olim Pfeffer birinchi bo‘lib osmotik bosimni o‘lchagan. Pfefferning shakar eritmalari osmotik bosimni o‘lchash natijalarini tahlil qilgan Vand-Goff (1887) shu xulosaga keldiki, juda suyuqlikilgan eritmalarda erigan modda xuddi shunday sharoitda o‘zini gaz holatdagidik tutadi. Bundan suyuqlikilgan eritmalar uchun ideal gazlar holat tenglamasini qo‘llash mumkin. Eritmalar uchun ushbu tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: πV = nRT Bu yerda π- osmotik bosim, Pa: V - eritma hajmi; n - erigan moddaning mollar soni n/V = k ekanligini inobatga olib tenglamani quyidagicha yozish mumkin: π = cRТ bunda c - erigan modda konsentratsiyasi, mol/l. Tenglamadan ko‘rinadiki, osmotik bosim konsentratsiyaga to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlikni namoyon etadi. Download 86.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling