Yorug‘likning suyuqliklarda sochilishi. Reja


Download 59.24 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi59.24 Kb.
#1774147
Bog'liq
15-mustaqil ish


Yorug‘likning suyuqliklarda sochilishi.
Reja:

  1. Suyuqliklarda yorug‘likning sochilish nazariyasi

  2. Suyuqliklarni eksperimentga tayyorlash.

  3. Vud trubkasi.

Xulosa

Sochilgan yorug‘likning intensivligini Reley formulasidan hisoblasa va natijalarni gaz va suyuqlik uchun solishtirib kо‘rilsa suyuqliklarda yorug‘lik sochilishi gazlarga nisbatan 1000 martalar ziyod bо‘lishi kerak. Lekin tajriba bu raqamni taxminan 40-100 martaligini kо‘rsatayapti. Bir xil massali gaz va suyuqlik olinsa, gaz 10 marta ziyod sochadi. Bir xil hajmdagi gaz va suyuqlik olinsa, suyuqlik 40-100 marta ziyod sochadi. Bu xil solishtirish shuni kо‘rsatadiki suyuqliklarda turli zarralardan sochilgan yorug‘lik interferensiyasi juda kuchli, shuning uchun suyuqliklarda har bir molekula hisobga olinganda tajribada nazariyaga nisbatan kichik chiqayapti. Suyuqliklarda sochilish nazariyasini Smoluxovskiyning zichlik fluktuatsiyasi tug‘risidagi fikriga asoslanib Eynshteyn ishlab chiqdi.


Eynshteyn Smoluxovskiy g‘oyasiga asoslanib suyuqlikni uzluksiz muhit deb qarab termodinamikaning qonunlarini qо‘llagan holda suyuqliklarda yorug‘lik sochilishining fenomenologik nazariyasini yaratadi. Bu nazariya suyuqlikning biron bir modeliga asoslanmagan, bunda faqat zichlik fluktuatsiyasi hisobga olinmagan. Molekulalarning issiqlik harakati zichlik fluktuatsiyasiga sabab bо‘ladi. О‘z navbatida bu fluktuatsiya dielektrik fluktuatsiyaga sabab bо‘ladi.
(1)
(2)


Gazlar

Tajriba

1) formula

2) formula



0,823

0,9

0,823



3,31

1,83

3,21



2,62

2,35

2,65

Bunga temperatura fluktuatsiyasi ham sabab bо‘ladi. Ammo о‘lchashlar shuni kо‘rsatadiki temperatura fluktuatsiyasi sochilishning 0,1-1% ni tashkil etadi.


Shunday sust ta’sir etganligi uchun ham bu fluktuatsiya hisobga olinmaydi. Eynshteyn nazariyasida faqat zichlik fluktuatsiyasi hisobga olinadi. Suyuqliklardan turli zarralardan sochilgan yorug‘lik interferensiyasi juda kuchli. Shuning uchun suyuqliklarda sochilgan yorug‘lik intensivligini har bir zarradan tarqalayotgan ikkilamchi tо‘lqin summasi deyish qiyin. Bu aytilganlardan kо‘rinadiki, Reley nazariyasini suyuqliklar uchun qо‘llab bо‘lmaydi.

Suyuqliklarni eksperimentga tayyorlash.
О‘rganilayotgan moddani eksperimentga tayyorlash va aynan shu molekulaga tegishli spektrni olish uchun о‘rganilayotgan namunaga quyidagi talablar qо‘yiladi.
a) molekulaga tegishli bо‘lmagan sochilishni kamaytirish uchun xizmat qiluvchi chang zarralaridan modda toza bо‘lishi kerak.
b) modda fluoresensiya bermaydigan bо‘lishi kerak.
v) modda iloji boricha rangsiz bо‘lishi kerak. Hamma tekshiriladigan moddalar “XCH” yoki “CHDAmarkada olingan, keyin qо‘shimcha tozalangan bо‘lishi kerak.
Qо‘shimcha tozalash, uni vakuum orqali bir necha marotaba qayta haydash tufayli amalga oshiriladi. Suyuqlikni haydash uchun idish eng oldin sulfat kislota aralashmasi yoki spirt bilan yuviladi. О‘rganilayotgan obyekt shu ikkita shar shaklidagi shisha kolbaga quyiladi. Sо‘ng karbonat kislota yordamida yaxlatiladi va nasos yordamida havosi surib olinadi. Shundan sо‘ng kolba kavsharlanadi va suyuqlik qaynash haroratiga etguncha qizdiriladi va bug‘lanib ikkinchi sharikka о‘tkaziladi, chayqab yana qaytarib birinchi sharikka о‘tkaziladi. Bu jarayon kamida uch marta takrorlanadi. Bu tozalangan suyuqlik Vud trubkasiga solinadi. Bajarilgan ishlarning sо‘ngida trubka qora rangga bо‘yaladi, faqatgina yorug‘lik tushishi chiqishi va sochilishi uchun tirqishlar qо‘yiladi.
Moddalarni tozalashda ishlatiladigan qushaloq shar idishning kо‘rinishi.

ISP-22, ISP-51, DFS-12, DFS-24, DFS-52, spektrometrlari haqida ma’lumot berish kerak.

Nazorat savollar

  1. Sochilish doimiysi deb nimaga aytiladi?

  2. Sochilish doimiysi birligi qanday ta’riflanadi?

  3. Sochilish koeffitsienti deb nimaga aytiladi?

  4. Ekstensiya koeffitsienti qanday kattalik?

  5. Ekstensiya koeffitsienti qanday ifodalanadi?


Asosiy adabiyotlar

  1. Отахўжаев А.К., Жўраев Б.С. Молекуляр оптика. Самарқанд, Университет. 1992.

  2. Атахаджаев А.К., Тухватуллин Ф.Х. Спектралное распределение интенсивности в криле линии рассеяния жидкостей и растворов. Фан.Т.: 1981.

  3. Отажонов Ш. Молекуляр оптика. Университет.Т.: 1994

  4. Qo‘yliyev B.T. Optika. Fan va texnologiya. T.: 2014 y.

Qo’yliyev B.T.. “Molekulyar spektroskopiyaga kirish” o’quv qo’llanma. Qarshi, Fan va ta’lim nashriyoti, Qarshi. 2021-y. 210 bet

  1. Фaбелинский И.Л., Молекулярное рассеяние света. М. Наука. 1982.

  2. Вкус М.Ф. Электрические и оптические свойства молекул и конденсированних сред. Л.,1984.

Download 59.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling