Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


TUPROQ VA UNING BIOSFERADAGI AHAMIYaTI


Download 1.38 Mb.
bet19/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

6. TUPROQ VA UNING BIOSFERADAGI AHAMIYaTI.


  1. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli.

  2. Tuproqni asosiy komponentlari.

  3. Tuproqning hosildor qatlami.

  4. Tabiiy sharoitda tuproqda ketadigan jarayonlar.

  5. Tuproq resurslarini sinflarga bo‘linishi.

  6. Tuproqlarning ifloslanish manba’lari.

  7. Tuproqlarni shamol va suv ta’sirida yemirilishi.

  8. O’zbekiston Respublikasida «Yer to‘g‘risidagi» qonun.


Unumdorlik xususiyatiga ega bo‘lgan yer yuzining g‘ovak katlami tuproq deyiladi. Tuproqlarning tabiatdagi va jamiyat hayotidagi roli beqiyosdir. Tuproq organizmlar uchun hayot muhiti, ozuqa manbai xisoblanadi. Tuproq-quruqlikning yug‘ori qismi bo‘lib, o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar va iqlim ta’sirida «ona» tog‘ jinslaridan hosil bo‘lgan. U biosferaning boshqa qismlari bilan uzviy bog‘langan muhim va murakkab tarkibiy qismidir. Tuproqda quyidagi asosiy komponentlar o‘zaro ta’sirlashadi.:

- mineral zarralar (qum, gil tuproq), suv, havo;

- detrit -qotib qolgan organik moddalar, o‘simlik va hayvonlar hayotiy faoliyati qoldiqlari;

- detritofaglardan tartib, to detritlarni gumusga aylantiruvchi redusentlargacha bo‘lgan tirik organizmlar to‘plami. Tuproq go‘yo tirik organizm. Uning ichida turli murakkab jarayonlar kechadi. Tuproqni yaxshi holatda tutib turish uchun uning barcha tashkil etuvchilarining almashinish jarayonlari tabiatini bilish zarur. Tuproqning sirtqi qatlamlarida turli hil organizmlarning ko‘plab qoldiqlari mavjud. Ularning chirishi oqibatida gumus hosil bo‘ladi. Gumus miqdori esa tuproqning hosildorligini belgilab beradi. O’simliklar tuproqdan zaruriy mineral moddalarni oladi. O’simliklar so‘lib, chiriganidan song olingan elementlar yana tuproqqa qaytadi. Tuproqdagi organizmlar barcha organik qoldiqlarni qayta ishlaydi. Shunday qilib, tabiiy sharoitlarda tuproqda modda almashinuvi doimiy sodir bo‘lib turadi. Sun’iy agrotsenozlarda bunday aylanish buziladi. Chunki qishloq xo‘jaligi mahsulotining kattagina qismini yig‘ishtirib olinadi va ular o‘z ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Demak, mahsulotning olingan o‘sha qismi tuproqdagi aylanish jarayonida qayta ishtirok etmaydi va oqibatda uning hosildorligi pasayadi. Sun’iy agrotsenozlardagi tuproqning hosildorligini oshirish uchun inson unga organik va mineral o‘g‘itlar soladi.

Normal tabiiy sharoitlarda tuproqda kechadigan barcha jarayonlar muvozanatda bo‘ladi. Ammo bu muvozanatni ko‘pincha inson aralashuvi buzadi. Uning xo‘jalik faoliyati rivojlanishi natijasida tuproq ifloslanadi, uning tarkibi o‘zgaradi va u hatto butunlay yaroqsiz bo‘lib qoladi.

O’rmon va o‘tloqzorlarning yo‘qolishi, agrotexnika qoidalariga amal qilinmasdan yerni ketma-ket haydash tuproq eroziyasi yuzaga kelishiga, hosildor qatlamining suv oqimlari tufayli yuvilib ketishiga yoki shamoldan ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.



Tuproq tugaydigan va tiklanadigan resurslarga kiradi. Tuzilishaga ko‘ra tuproqda 3 ta asosiy qatlam ajratiladi : 1) eng ustki gumus (chirindi) li qatlam; 2) yuqori qatlamdan mineral va organik birikmalar to‘planadigan qatlam; 3) tuproq vujudga keladigan ona jinsi qatlami. Tuproqning har bir gorizonti organik va mineral birikmalar aralashmasidan iborat. Tuproqda sil, vabo, o‘lat (chuma), ichterlama, brusellyoz va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bo‘lishi mumkin.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling