Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Download 1.38 Mb.
bet27/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

Sanoat kulining kimyoviy tarkibi


Nomi

SiO2

Al2O3 + TiO2

Umumiy CaO

Bog‘lan-magan

CaO

Fe2O3 + FeO

MgO

SO2

K2O + Na2O

Kuygandan qolgan miqdor

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Angren GRESi sanoat kuli

33,64

8,29

35,99

10,6

14,05

3,45

1,08

1,0

0,5


Yangi-Angren GRESi sanoat kuli

43,32

27,50

9,52

1,0

11,9

3,6

1,55


1,26

0,48


Farg‘ona IEM sanoat kuli

43,95

18,02

9,96

8,96

7,98

4,4

0,6

2,26

10,0




Keramzit ishlab chiqarish uchun hom ashyo sifatida sanoat kuli va kulshlakni ishlatilishi katta qiziqish uyg‘otadi. Tuproqkulli keramzit ishlab chiqarish tajribasi ko‘pgina zavodlarda yaxshigina orttirilgan. Respublikamizda shu vaqtgacha sanoat kuli va kulshlaklarni keramzit ishlab chiqarishda hom ashyo sifatida ishlatilmagan. Tuproqdan iborat xom ashyo shixtasiga 30%gacha sanoat kuli qo‘shiladi, kulshlak esa 60%gacha miqdorda qo‘shiladi. Shuni aytish kerakki, kul uyumlaridan kulshlak aralashmasini ishlatish yaxshiroq hisoblanadi, sababi u kulga nisbatan tuproq bilan yaxshi aralashadi.

Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha kulshlakka bo‘lgan yillik talab 200 ming tonnani tashkil etadi, bu esa Yangi Angren GRESidan chiqadigan yillik kulshlak chiqindini to‘laligicha ishlatish imkonini beradi, undan tashqari yetmayotgan yanagi yiliga 145 ming tonna kulshlakni uyumlardan olib ishlatish mumkin. Toshkent shahri va viloyati bo‘yicha keramzitga bo‘lgan talab, mavjud zavodlar ishlab chiqaradigan miqdoridan ancha ko‘p: Toshkent shahri bo‘yicha 138 ming m3 va viloyat bo‘yicha 68,4 ming m3 ni tashkil etadi. Viloyatda yetishmaydigan 206,4 ming m3 keramzitni ishlab chiqaradigan yangi quvvatlar barpo etish hisobiga, yiliga 57 ming tonnagacha kulshlakni ishlatish mumkin bo‘lardi, buning natijasida nafaqat uyumlar uchun yangi joylar ajratish muammosi hal etilardi, balki uyumlarni mavjud maydonlari ham qisqarib borar edi. Xuddi shunday holatni Angren GRESidan chiqadigan kulshlakda ham ko‘rish mumkin. Jizzax, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi keramzit zavodlariga kulshlaklarni jo‘natish hisobiga, yiliga 192 ming tonna kulshlakni ishlatish mumkin bo‘ladi. Shundan yiliga 172 ming tonna miqdori, uyumlardan olib ishlatish hisobiga to‘g‘ri keladi. Angren GRESidan chiqqan chiqindini hozirgi kundagi uyumlarga yig‘ilib qolgan miqdori 5 mln tonnadan ortiq.

Respublikamizni g‘ovak betonlar va u asosidagi buyumlarga ehtiyoji juda katta. Hozirgi paytda Olmaliqda yiliga 20 ming m3 g‘ovak beton ishlab chiqarish sexi ishlab turibdi. Bu esa ehtiyojning bor yo‘g‘i 3,5%ni tashkil etadi (ehtiyoj 580 ming m3 ga yaqin).

Olmaliqdagi uyumlarda juda katta miqdorda fosfogips borligini hisobga olsak, mavjud sexlarda fogizol-fosfogips asosida g‘ovak kichik-kichik bloklar ishlab chiqarishni boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Uni tarkibida fosfogips-50%, sanoat kuli- 35%, ohak -15% tashkil etadi.

Yangi-Angren GRESiga yaqin joylashgan Nurobodda ham yiliga 200-300 ming m3 fogizol ishlab chiqaradigan zavod qurish uchun mablag‘ni ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Buni hisobiga yiliga 65-100 ming tonna sanoat kuli ishlatilishi mumkin. Respublikamizda g‘ovak gazbeton olishda kvars qumi o‘rniga sanoat kulini ishlatish imkonini yaratilgan. Bunday beton olish uchun tarkibida quyidagilar kiradi, 1 m3 da: sement -65-130 kg; ohak-75-215 kg; sanoat kuli-400-430 kg; aluminiy kukuni-325 kg. Angrenda Angren GRESiga yaqin yerda, yiliga 100-150 ming m3 shunday beton ishlab chiqarish hisobiga 40-60 ming tonna Angren GRESi sanoat kulini ishlatish mumkin.

Respublikamizda oxirgi vaqtda shaxsiy uy – joy qurish hajmi keskin oshib ketdi. Bu esa, nisbatan arzon va qulay hisoblangan g‘ishtga bo‘lgan ehtiyojni oshib ketishiga olib keldi. Xom ashyo sifatida quyidagi chiqindilar ishlatilishi mumkin: 1) Angrendagi kaolin tuprog‘i (ko‘mir bilan birga qazib olinadi), 2) Angren va Yangi Angren GRESlari sanoati kuli, 3) Ko‘mir orasidagi jinslar (yillik miqdori 10-16 mln.t.)., 4) Angren havzasidagi ko‘mir boyitish chiqindilari.




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling