8. ChIQINDILARNI QAYTA IShLASh.
Sanoat korxonalaridan va issiklik elektrostansiyalardan chiqadigan chiqindilarni qayta ishlash.
Issiqlik elektrostansiyadan chiqadigan kulni qayta ishlash.
Chiqindilardan keramzit ishlab chiqarish.
Chiqindilardan g‘ovak betonlar olish.
Fosfogips asosida g‘ovak bloklar olish.
Yengil betonlar uchun to‘ldirgich sifatida sanoat kulini ishlatish.
Silikat g‘isht ishlab chiqarishda sanoat kulini ishlatish.
Sanoat chiqindilari-pahtani qayta ishlashdan chiqadigan chiqindilar, pahta momig‘i, pahta shuluhasi, guruch qobig‘i, gidroliz lignini va boshqalar.
Ko‘mirni issiqlik elektr markazlarida (IEM) yoqish natijasida hosil bo‘lgan sanoat kullari, beton va qorishmaga qo‘shilsa effektiv aktiv mineral qo‘shimcha hisoblanadi.
Sanoat kulini ma’lum miqdorda beton va qorishmaga qo‘shilsa, talab etilgan mustahkamligini ta’minlangan holda, joylashuvchanligi yaxshilanadi, torayishi va suv o‘tkazmasligi kamayadi. Kansk-Achinsk havzasidagi yuqori kalsiyli qo‘ng‘ir ko‘mir yoqish natijasida hosil bo‘ladigan sanoat kulini beton tarkibiga sement og‘irligidan 20%gacha qo‘shish mumkin. Yana ham ko‘proq qo‘shilsa, unda yuqori kalsiyli sanoat kuli hajmini bir tekisda o‘zgarmasligi hisobiga buyumlarda yomon hollar ro‘y beradi.
Angren havzasidagi tarkibida SaO ko‘p bo‘lmagan ko‘mirni yoqishdan hosil bo‘lgan sanoat kulini esa, betonga sement og‘irligidan 30-35%gacha miqdorda qo‘shish mumkin. Qizil-qiya va Sho‘rob havzalaridagi ko‘mirni yoqishdan hosil bo‘lgan sanoat kuli Yangi-Angren GRESi sanoat kulining kimyoviy tarkibiga yaqin.
Do'stlaringiz bilan baham: |