Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Download 1.38 Mb.
bet34/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

Loyihalashtirish.
Kengaytirilgan hududlarning atrof muhitga ta’siri va shu hududdagi muhitning sifati birinchi navbatda loyihalashtirishda kelishilgan qarorlar, keyin albatta bajariladigan ishning sifati va oxirida ekspluatatsiya shartlari bilan aniqlanadi.

Loyihalashtirish etapida ob’ektning atrof muhitga ta’siri aniqlanadi. Inson hayot faoliyati davomida sun’iy muhitning yaratilishi tabiat bilan uyg‘unlikda yoki usiz ham bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, loyihani kanchalik puxta qilib ishlanganligi nafaqat atrof muhitni kelajagini, balki shu buzilgan tabiiy sharoitni qaytadan tiklashga ketadigan xarajatlarni aniqlab beradi. Tabiatni muhofaza qilish va shu bilan birga shaharni kengaytirish, qishloq va qishloq aholisi joylashgan hududlarni kengaytirish va boshqalar bilan bog‘liq tadbirlar albatta qurilish olib boriladigan hududni tanlanishi bilan uyg‘unlikda olib borilishi kerak. Shularni e’tiborga olgan holda korxonalarni loyihalashtirish, bino va sanoat inshootlarini belgilangan hisob-kitoblar bo‘yicha, turar-joy binolarini bo‘lsa, atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha bo‘lgan talablar, belgilangan tartibda tasdiqlangan sxema va rayon planirovkasini loyihasi, katta korxonalarning bosh tarhining sxemalari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Loyihalashtirish hujjatlarini tayyorlashning har bir bosqichida, qurilishga joy tanlashdan boshlab, tanlangan maydon bo‘yicha belgilangan qarorlarni kerakli organ va tashkilotlar bilan kelishib, binolarni boshlash, yerdan foydalanib va nihoyat yerlardan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish, iqtisodiy xarajatlar va yoqilg‘i-energetik resurslardan oqilona foydalanish o‘z aksini topishi kerak.

Loyihaning ekologik ekspertizasi, ekologik ijtimoiy-siyosiy ob’ektlarni, qurilish loyihalarini, yirik xalq xo‘jalik ob’ektlarini, ularning atrof muhitga bo‘ladigan salbiy ta’sirini yo‘naltirish va belgilangan vazifalarning yechimida muhim o‘rin tutadi. Ekologik ekspertizaning maqsadi va vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarni yerdan to‘g‘ri va ratsional ishlatish, suv resurslari, o‘simlik va hayvon dunyosi, havo va suvni toza saqlash, tabiiy resurslarni tiklash va insoniyatni o‘rab turgan tabiiy muhitni yaxshilashdan iborat.

Sanoat va shaharsozlik komplekslarini ishlab chiqishda ekologik talablarni qondirilishi ularning sifatiga asoslanib belgilanadi. Loyihalashtirish korxonalari ekologik ekspertiza joy tanlash materiallari va ob’ektlarni joylashtirilishi bilan oldindan kelishishi kerak.




Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling