Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari


Yengil betonlar uchun to‘ldirgichlar sifatida sanoat kulini ishlatishni juda katta samara berishini qurilish industriyasi korxonalaridagi tajriba isbotlayapti


Download 1.38 Mb.
bet28/36
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#209487
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
2 5426852119510518403

Yengil betonlar uchun to‘ldirgichlar sifatida sanoat kulini ishlatishni juda katta samara berishini qurilish industriyasi korxonalaridagi tajriba isbotlayapti. Ukrainadagi shunday ishlardan biri shuni ko‘rsatayaptiki, yengil betondagi kvars qumini o‘rniga sanoat kuli qo‘shilsa, sement sarfi 15-20% kamayadi, va betonni o‘rtacha zichligi 100-150 kg/ m3 ga yengillashadi. Bu esa beton qoplamasini texnologik va hamma buyumlarni xossalarini yaxshilaydi. Yengil betonga odatda sanoat kulini 150-300 kg/m3 atrofida qo‘shiladi.

Silikat g‘isht ishlab chiqarishda sanoat kuli, g‘isht tarkibiga bog‘lovchi yoki to‘ldirgich sifatida qo‘shiladi. 1000 g‘ishtga birinchi holda 500 kg, ikkinchi holda -1500-3500 kg sanoat kuli qo‘shish mumkin. Ohak-kulli bog‘lovchida sanoat kuli faqat aktiv kremnezyom qo‘shimcha bo‘lib xizmat qilmay, balki qorishma plastikligini oshira va hom g‘ishtni mustahkamligini 1,3-1,5 marta oshiradi, bu esa o‘z vaqtida avtomat-taxlagich uskunalarini yaxshi ishlashiga imkon beradi. Ohak-kulli bog‘lovchini solishtirma sirt yuzasini ortib borishi hisobiga, qo‘shilayotgan sanoat kulini samarasi ortib boradi. Silikat g‘ishtga qo‘shilayotgan sanoat kulini tarkibida yonib ulgurmagan yoqilg‘i miqdori 5% oshmasligi va erib ketadigan zarrachalar miqdori 10%dan kam bo‘lmasligi kerak. Silikat g‘isht ishlab chiqarishda sanoat kulini qo‘shish, bulardan tashqari, ohak sarfini 20% kamaytiradi, buyumni suv shimuvchanligini kamaytiradi va sovuqqa chidamliligini oshiradi.

Kansk-Achinsk ko‘ng‘ir qo‘mirlarning uchuvchan kullari, tarkibida 30-45% SaO bo‘lib, ularda amalda deyarli S3S bo‘lmaydi, qotish muddatini tezligi (boshlanishi 8-10 daqiqa, tugashi 15-30 daqiqa), juda maydaligi (solishtirma sirt yuzasi -1-3 m2/g) bilan ajralib turadi. Bu esa ular kelajakda organik to‘ldirgichlar (yog‘och qipiqlari, paxta sanoati chiqindilari va boshqa) bilan qo‘shib olinadigan qurilish materiallarida bog‘lovchi sifatida ishlatish mumkinligini bildiradi. Kuli bog‘lovchi tarkibiga yog‘och qipiqlari qo‘shilsa, yog‘och zarrachalari atrofida gidratatsiya jarayoni va yangi mineral hosil bo‘lishi sekinlashadi

Guruch uni- sholidan guruch olish vaqtida yiliga 40 ming tonna miqdorida chiqadigan chiqindi. Uning umumiy miqdoridan 17%gacha miqdori Toshkentkimyofarmasevtik zavodida fitin va boshqa turdagi dori-darmonlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Qolgani to‘la miqdorda hammasi Tayyorlash vazirligi korxonalarida kombikorm tayyorlash maqsadida ishlatiladi.

Olmani siqqandan qolgan chiqindi, qisman olma kukuni olish uchun ishlatiladi, qolgan hammasi yem sifatida beriladi.

Uzumni siqqandan qolgan chiqindi umumiy miqdoridan 24%gacha miqdori vino kislotasi, spirt, yem uchun, un sifatida ishlatiladi , qolgan hammasi molga yem sifatida beriladi.

Meva va uzum danaklari - shaftoli, o‘rik, uzum va shunga o‘xshash yog‘lar olish uchun qayta ishlatishga jo‘natiladi.

Sanoat chiqindilari - Yengil sanoat vazirligi korxonalarida paxtani qayta ishlashdan chiqadigan chiqindilar. Bu chiqindilar asosida Davlat ta’minotiga qarashli» Mexnat» fabrikasida noto‘qima material va qurilish uchun patak ishlab chiqariladi.

Paxta momig‘i - qisman karton-ruberoid ishlab chiqaradigan zavodlarida ishlatiladi. Qolgan miqdori molga yem sifatida beriladi.

Paxta shulxasi - chigitdan paxta yog‘i ishlab chiqarilgandan qolgan qoldiq. U mol uchun yuqori sifatli ozuqa hisoblanadi. Bundan tashqari umumiy miqdordan 35%gacha miqdori spirt ishlab chiqarish uchun «o‘zbekgidrolizsanoati» IChBda ishlatiladi.

Guruch qobig‘i - tayyorlash vazirligi korxonalarida yiliga 89 ming tonna miqdorda chiqadi, undan 50 ming tonna miqdori gidroliz sanoatida ishlatiladi. Mollarga yem sifatida berilishi mumkin. Hozirgi vaqtda 49 ming tonna miqdordagi guruch qobug‘i ishlatilmaydi.

Gidroliz lignin - chiqindi hosil bo‘lish manba’lari:Yangi yo‘l, Andijon, Farg‘ona gidroliz zavodlari (yiliga 82 ming tonna miqdorgacha chiqadi). Qurilish tizimida ishlatilishi mumkin yo‘nalishlar : 1)¢isht ishlab chiqarishda yonuvchi qo‘shimcha; 2) Parket uchun lignoplastik; 3)Samarali g‘ovak to‘ldirgich ishlab chiqarishda.

Tolali chiqindilar - paxta sanoati vazirligi korxonalarida tolali o‘simliklarni qayta ishlash natijasida chiqindilar yiliga 23 ming tonna miqdorda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari tolali o‘simlik (kanop) o‘rilganda 6 ming tonnagacha miqdorda (quruq holda) poyalari dalalarda yig‘ilib qoladi. Ularni hammasi yoqib yuboriladi va yer bilan qo‘shib haydab yuboriladi. ¢o‘zapoya. Yiliga 6000 ming tonna miqdorda hosil bo‘ladi, undan ishlatiladiganlari:qishloq ahli 500 ming tonnasi yoqish uchun ishlatiladilar, to‘shash uchun va molga yem uchun 1500 ming tonna, yog‘och -qirindi plitalar ishlab chiqarish uchun 500 tonnaga yaqini ishlatiladi.


Savollar:

  1. Issiqlik elektr markazlarida qanday chiqindilar hosil bo‘ladi?

  2. Keramzit olinishida qanday chiqindi ishlatiladi?

  3. ¢ovak beton olinishda qaysi chiqindi ishlatiladi?

  4. Fosfogips, fogizol asosida nimalar olinadi?

  5. Silikat g‘isht olinishida qaysi chiqindi ishlatiladi?

  6. Sanoat chiqindilar asosida nimalar olinadi?

  7. Pahta momig‘i, pahta shulhasi qaerda ishlatiladi?

  8. Gidroliz lignin - chiqindi qaerda ishlatiladi?



Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling