Qurilish ekologiyasi fanidan ma’ruzalar matni ekologiya asoslari
ARXITEKTURA – QURILISh EKOLOGIYaSI
Download 1.38 Mb.
|
2 5426852119510518403
ARXITEKTURA – QURILISh EKOLOGIYaSI.
Industrializatsiyani va urbanizatsiyani planetani biologik unumdorligiga ta’siri tabiatni muhofaza qilishda ancha-muncha murakkab tadbirlarni o‘tkazishga majbur qildi, ayniqsa bu sabablarni topish, shu muammolarni paydo qilgan fojia, tabiatni muhofaza qilishda va tabiiy resurslarni oqilona foydalanish. qurilish va Arxitektura ekologiyasida xozirdan loyihalashtirish, qurilish va qurilish ob’ektlarini ekspluatatsiyasida ekologik qarorlarni ilmiy asosda amaliyotda qo‘llanilishi lozim. Antropogen ob’ektlari, undan tashqari bino va inshootlarga ham o‘zining negativ ta’sirini o‘tkazmoqda, ya’ni tosh va metall konstruksiyalarning buzilishi, bo‘yoqlar rangining xiralashib o‘chib ketishi, tashqi chegaralovchi konstruksiyalarning o‘zgarishi , haykallar va tarixiy obidalar ornamentining yo‘qolishi, tomlarning korroziyaga uchrashi, ko‘priklar shaklining o‘zgarishi kuzatilmoqda; binolar tashqi ko‘rinishini yangilash va bo‘yashga ketadigan mablag‘ miqdori ortmoqda. Qurilish shaharni kengayishining asosiy va eng kerakli omili bo‘lgani uchun puxta o‘ylangan va hisoblangan bo‘lishi kerak. Yaqin paytgacha qurilishning asosiy vazifalariga odam hayot faoliyatini ta’minlab beradigan sun’iy muhit yaratish kirar edi. Atrof muhitga faqatgina yaratilayotgan sun’iy muhitni uning negativ ta’siridan himoya qilishga qaraganday qaralar edi. qurilish sohasi atrof muhitga eng kuchli ta’sir qiluvchi antropogen omillardan hisoblanadi. Qurilishning antropogen ta’siri o‘zining rang-barang xarakteri bo‘yicha qurilishning har bir bosqichida, qurilish materiallarini kelib chiqishidan to tayyor bo‘lgan ob’ektlarni ekspluatatsiyaga topshirilishicha namoyon bo‘ladi. Qurilishning atrof muhitga bo‘ladigan ta’siri, bir tomondan, qurilishni xalq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, boshqa tomondan qurilish – shu tarmoqning mahsuloti sifatida namoyon bo‘ladi. qurilish xalq xo‘jaligining tarmog‘i bo‘lgani uchun unga har xil xom ashyo, qurilish materiallari, energetika, suv va boshqa resurslarni olish o‘z navbatida atrof muhitga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Landshaftning jiddiy buzilishi, o‘zgarishi va atrof muhitning ifloslanishi qurilish maydonlaridagi ishlar bilan bevosita bog‘liq. Bu o‘zgarishlar qurilish maydonini tozalanishidan, o‘simlik qatlamini olib qazish ishlarini olib borilishidan, oldin qurilish olib borilgan qurilish maydonini tozalashdan, ko‘pdan - ko‘p chiqindilar hosil bo‘lib ularni yoqish yoki ko‘mishlardan hosil bo‘ladi va gidrologik shart – sharoitlarni yomonlaydi va eroziyaga olib keladi. Tabiatga bo‘ladigan ta’sir kuchi qurilishda qo‘llaniladigan xom ashyoga, bino va inshootlarning ta’sir texnologiyasiga, qurilish qanday texnologiya bilan ta’minlanganligiga, qurilish mashinalarining tipi va sifatiga, mexanizmlar va trasport vositalarining turiga va boshqa faktorlarga bog‘liq. Qurilish maydonlari qo‘shni uchastkalarni ifloslanishini asosiy manbaiga aylanadilar: mashinalarning shovqini va ulardan chiqadigan gazlar, chiqindilarning yoqilishi. Suv qurilish protsesslarida juda keng qo‘llaniladi - aralashmalarda qo‘shimcha komponent bo‘lib, issiqlik tarmoqlarda issiqlik manbai bo‘lib, ishlatilgandan keyin oqava suv yerga to‘kiladi va yer osti suvlarini ifloslantiradi. Ammo qurilish tez amalga oshadigan jarayon hisoblanadi. Bu qiyin ish bo‘lib, tabiatga ob’ektlar: qurilish mahsulotlari, binolar, inshootlar va kengaytirilgan maydonlarni ta’siri hisoblanadi. Ularni atrof muhitga, tabiiy muhitga bo‘ladigan ta’siri hali oxirgacha o‘rganilmagan, shuning uchun hamma ekologik tadbirlar tavsiyanoma xarakteriga ega. Hozirgi natijalarga karasak, bularning hammasi daraxtlarning kamayishiga, suvni va yerni ifloslanishiga, uy-ro‘zg‘or chiqindilarini oshishiga, changni ko‘payishiga, havoni gaz va issiq havo bilan ifloslanishiga olib kelyapti, bu esa radiatsiya miqdorini oshishiga, havo haroratini o‘zgarishiga, shamollarni rejimini o‘zgarishiga, ya’ni sun’iy sharoitni yaratilishiga va uning maydonini kengayishiga olib kelyapti. Havoning kimyoviy tarkibini o‘zgarishi odamga yomon ta’sir qiladi, ayniqsa havodagi gazning miqdorini oshishi. Hozirgi kunga kelib zaharli moddalar miqdori: bir odamga kuniga 1,5 – 2,5 kg va 8 l suyuq chiqindilarni tashkil qiladi, buning ustiga erishi uchun ko‘p miqdorda suv talab qiladigan toksik moddalar ham mavjud.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling